Dmitriy Alekseyevich Kuplinov (; 1988-yil 25-noyabr, Orenburg, SSSR) – rossiyalik YouTuber, letspleychi va strimer. YouTube, Twitch va VK Play platformalaridagi „Kuplinov ► Play“ kanallarining yaratuvchisi va egasi .

Biografiyasi Dmitriy Kuplinov 1988-yil 25-noyabrda Orenburgda tugʻilgan.

2008-yilda „MISIS“ tadqiqot texnologiyalari milliy universitetining Viksa filialidagi „Axborotni qayta ishlash va boshqarishning avtomatlashgan tizimi“ yoʻnalishini tugatgan. Texnikumni bitirgach, Moskva aviatsiya institutiga oʻqishga kiradi.

Shaxsiy hayoti Yekaterina Malina bilan yaqin munosabatda.

Kuplinovning kanali va ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez koʻrinish bergan va eslatib oʻtilgan bir nechta uy hayvonlari bor. Ilgari „Moxnatiy boyets (Moxnatiy boets)“ deb atagan mushugi bilan yashagan. Biroq mushukning haqiqiy laqabi „Frosya (Frosya)“ boʻlib, uni 2012-yilda asrab olgan. Keyinchalik u ikkita olmaxonsimon uy kemiruvchilarini boqib oladi – „Shlyopka (Shlepka)“ va „Oblepixa (Oblepixa)“.

YouTubeʼdagi faoliyati 2012-yilda Dmitriy Kuplinov oʻzining „Kuplinov ► Play“ deb nomlangan YouTube kanalini yaratadi. Kanal mazmuni asosan turli janrdagi videooʻyinlarni oʻynashdan iborat: qoʻrquvdan tortib onlayn oʻyinlargacha .

„Kuplinov ► Play“ kanalidagi birinchi video 2013-yil 12-iyulda chiqadi. Postal 2 oʻyinini oʻtish haqidagi video bir hafta ichida 30 mingdan ortiq koʻrishlarga ega boʻldi, qaysiki oʻsha kezlarda katta muvaffaqiyat sanalar edi.

2014-yilda „Kuplinov ► Play“ kanalidagi obunachilar soni 100 mingtalik dovondan oʻtdi va bir muncha vaqtdan soʻng, Dmitriy YouTube’ning kumush tugmasi bilan ragʻbatlantirildi. 2015-yilda kanalning obunachilari 1 milliondan oshdi, biroq Kuplinov faqat ikki yil oʻtibgina YouTube’dan oltin tugmani oldi.

2015-yilda Kuplinov oʻzining „Kuplinov“ (hozirda „Zapisi strimov Kuplinova“) deb nomlangan ikkinchi YouTube kanalini yaratdi.

Xayriya 2017-yil 22-iyulda Kuplinov jonli yoyin tashkil qilib, unda u onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam uchun „Jizn“ xayriya jamgʻarmasiga rubl yigʻdi.

2020-yil 7-iyun kuni u ikkinchi xayriya jonli yoyinini oʻtkazdi va translyatsiya davomida „Pravmir“ xayriya jamgʻarmasi uchun 1,17 million rubldan ortiq mablagʻ toʻpladi. Ushbu fond COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashayotgan shifokorlar uchun shaxsiy himoya vositalarini sotib olish uchun mablagʻ yigʻishga qaratildi.

Mukofot va nominatsiyalar Yil Mukofot Nomzodlik Natija Manba 2015-yil People videosi 2015-yil Igromir „Runetʼdagi eng yaxshi video loyiha“ „Eng yaxshi oʻyin loyihasi“ 2015-yil Vidfest „Oʻyin uchun layk“ 2016-yil 2017-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:25-noyabrda tugʻilganlar