Frishkent jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida joylashgan. Masjid 1995–1996-yillarda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 900 kishini sigʻdira oladi. Masjid binosi 2022-yildan buyon shahar talablariga javob beradigan tarzda qayta taʼmirlanmoqda.
Manbalar
Turkum:Buxoro viloyati masjidlari Turkum:Gʻijduvon tumani