Abduolim ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida joylashgan. Masjid 1990-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 2004-yil 8-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 150 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2018-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar