Maʼmir qori jome masjidi – Andijon viloyati, Asaka tumanida joylashgan masjid. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1996-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Qurilishi Maʼmir qori jome masjidining binosi 1994-yilda mahalla ahli tashabbusi bilan hashar yoʻli orqali qurilgan. Masjid binosi „Tosh-tepa“ nomli qabriston bilan tutash. Binoda bir vaqtning oʻzida 1500 nafarga yaqin inson namoz oʻqishi mumkin. Masjid kutubxonasi tarkibida 300 ta kitob mavjud.
Manbalar
Turkum:Asaka tumanidagi masjidlar