Sayyid Amir Kulol jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan. Masjid 1998-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 800 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2021-yilda shaharsozlik talablariga asosan qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Kogon masjidlari