Tarnob jangi 1448-yilda boʻlib oʻtadi.

1448-yil bahorida Alouddavla Mirzo oʻgʻlining sunnat toʻyiga tayyorgarlik koʻrayotgan edi. U Mirzo Ulugʻbekning 90 ming kishilik qoʻshin bilan Amudaryodan oʻtayotgani toʻgʻrisida xabar topgach, Hirotning barcha fuqarolariga soliqlardan umumiy yengillik berilishini eʼlon qiladi. Alouddavla shosha-pisha Sanjob dovonidan Tarnobga qarab yoʻl oladi. Ikki qoʻshin Tarnobda toʻqnash keladi va qisqa muddatli jangdan keyin Ulugʻbek akasi Abulqosim Bobur Mirzo himoyasida Mashhadga, soʻngra Qoʻchonga qochib ketgan jiyani Alouddavla Mirzoni uzil-kesil magʻlub etadi. Ulugʻbek oʻz gʻalabasini davom ettirib, Hirotni, soʻngra Mashhadni egallaydi. Gavharshod begim va koʻplab tarxonlar Ulugʻbek kelishidan oldin Hirotni tark etib ulguradi.

Bibliografiya Umumiy manbalar

Boshqa manbalar W. Weberhard (1959), Journal of Oriental Studies, University of Hong Kong Turkum:Hirot Turkum:Temuriylar Turkum:Oʻrta asrlar Afgʻonistoni Tarnob 1448