Papravənd maqbarasi () – Ozarbayjonning Agʻdam tumanidagi Papravənd qishlogʻida joylashgan. Maqbara XIV asrda qurilgan boʻlib, oʻrta asrlar meʼmorchiligining noyob yodgorligi hisoblanadi. Maqbara 1972-yil iyul oyida tozalangan, joylashgan maydoni oʻlchanib oʻrganish ishlari amalga oshirilganK. M. Mamed-zade. Stroitelnoe iskusstvo Azerbaydjana. Str. 50.

1993-yilning yozidan boshlab Agʻdam tumanining maqbara joylashgan qismi tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasi nazoratida. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 853-rezolyutsiyasiga koʻra, Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bosib olinganRezolyutsiya SB OON № 853 ot 29 iyulya 1993 goda.

Arxitekturasi Maqbara tashqi koʻrinishiga koʻra toʻrtburchak shaklda, lekin ichki zal xoch shaklida qurilgan. Maqbaraning tashqi oʻlchamlari 5,8x6,0 metr (19,0x19,7 fut), ichki oʻlchamlari 5x5 metr (16x16 fut). Maqbara devorlarining balandligi 1.4 metr (4 fut 7 duym), qalinligi 4 metr (1 fut 4 dyuym) boʻlib, ohaktosh bilan qoplangan.

Maqbaraning qurilish rejasi XVI asrga xos boʻlib, markaziy qismi gumbaz bilan qoplanganK. M. Mamed-zade. Stroitelnoe iskusstvo Azerbaydjana. Str. 50.

Maqbaraga asosiy fasadning ochiq ayvonidan kirish mumkin. Oʻlchamlari 9x95 metr (2 fut 11x3 fut 1 dyum) va 1x1,35 metr (3 fut 3x4 fut 5 dyuym).

Hozirgi vaqtda maqbara qisman vayron qilingan. Binoning meʼmoriy tuzilmasi, gumbazi, shuningdek, fasad devorlaridagi bezak ishlarini hisobga olgan holda, yodgorlikni XVI asrga tegishli deyish mumkinK. M. Mamed-zade. Stroitelnoe iskusstvo Azerbaydjana. Str. 50.

Manbalar

Adabiyotlar

Mamed-zade K. M. Papravendskiy mavzoley. – DAN Azerb. SSR, 1974 yil. – № 12. – S. 86-89. Turkum:Islom arxitekturasi Turkum:Ozarbayjonning sayyohlik joylari Turkum:Ozarbayjonda maqbaralar