Aprinchur tigin (yoki Apryn Chor Tigin) — Uygʻur xoqonligi davrida, yaʼni taxminan VIII–IX asrlarda yashagan va Moniylik dini taʼsirida sheʼrlar yozgan ilk turk-uyʻur shoirlaridan biri. Turfon qazishmalarida topilgan sheʼrlar ilk bor 1919-yilda nemis olimi Albert von Le Coq tomonidan nashrga tayyorlangan. Topilgan ikki sheʼrdan biri uch misradan iborat boʻlib, ilohiy uslubda yozilgan panegirik (maqtov) tarzida boʻlgan va uning ilk misrasi jiddiy zarar koʻrgan. Aprinchur tiginning ikkinchi sheʼri sevgi mavzusida yozilgan va umuman diniy mazmunga ega emas. Bu yetti misrali sheʼrning ham birinchi misrasi yoʻqolgan. „Sevgili“ deb atalgan bu sheʼr uygʻur adabiyotida lirik sheʼriyatning ilk va eng qadimiy namunasi sanaladi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:Uygʻur shoirlari