Kallum Robilliard Turner — britaniyalik aktyor 15-fevral kuni 1990-yilda tavallud topgan. Moda sohasida model boʻlib ishlagandan soʻng filmlarda aktyor sifatida roʻl oʻynashni boshladi. U "Qirolicha va mamlakat " drama filmida asosiy roʻlni ijro etgan. „ Yellim“ (2014) sirli mini-serialida ham roʻl ijro etgan."Fantastik maxluqlar: Dambldor sirlari" (2022) nomli fantastik filmda Theseus yaʼni Nyut Skamanderning ukasi roʻlini ijro etgan (2014)

Turnerning „The Capture“ (2019) filmida oʻynagan roʻli unga Britaniya televideniyasi akademiyasining „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasini olishining sababchisi boʻldi.

Yoshlik davri Turner 15-fevral kuni 1990-yilda Hammersmith shahrida tavallud topgan va Londonning Chelsea shahrida oʻsgan. Turnerning familiyasini onasi Turner tugʻilishidan ikki yil oldin vafot etgan shoir doʻsti Devid Robilliard ga atab qoʻygan. 2014-yilgi Cannes festivalida bergan intervyusida onasi uni aktyor boʻlishga ruhlantirganini takidlab oʻtgan.

Karyera Turner oʻzini karyerasini 2010-yilda „Next“ va „Reebook“ kompaniyalariga modellik qilishdan boshlagan, unig filmdagi birinchi roʻli Hertfordshire universiteti uchun suratga olingan

„Think of England“ televizion filmi boʻlgan.

Roʻl ijro etgan filmlari:

„ Human beings“ (Insoniyat) (2012) " Time to dance " (Raqsga tushish vaqti) (2012) „Queen and Country“ (Qirolicha va mamlakat) (2012) „ Victor Frankenstein“ (Viktor Frankenshteyn) (2015) „ Last Letter from your lover“(Mahbubangdan soʻngi maktub) (2023) Manbalar

Turkum:Angliyalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Ingliz erkak film aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:15-fevralda tugʻilganlar