Powder River – Yellowstone daryosining irmogʻi. Uzunligi taxminan 375 milya (604 km). AQShning Montana shtati janubi-sharqi va Vayoming shimoli-sharqida joylashgan. Uning uzunligi janubiy irmogʻi bilan birgalikda 550 milyani tashkil qiladi. Daryo suvlari Bighorn togʻlarining sharqidagi baland tekisliklardan boshlanadi.
Powder daryosi uchta irmoqning Kaycee shaharchasi hududida birlashishidan hosil boʻladi. Shimoliy va Oʻrta irmoqlar Bighorn togʻlarining sharqiy yonbagʻirlaridan, Janubiy irmogʻi Kasper gʻarbidagi Bighorn togʻlarining janubiy yonbagʻirlaridan boshlanadi. Powder daryosi qirgʻoqlaridagi qumlar kukunga oʻxshashi sababli shunday nomlangan.
Manbalar