Jorj Uoker Bush (inglizcha: George Walker Bush; 6-iyul 1946-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi va ishbilarmon boʻlib, 2001-yildan 2009-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 43-prezidenti lavozimini bajargandir. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Bush bungacha 1995-yildan 2000-yilga qadar Texas shtatining 46-gubernatori vazifasini bajargan. U AQShning sobiq prezidenti Jojr G. U. Bushning toʻngʻich oʻgʻlidir.
Bush yigirma yoshida Texas havo milliy gvardiyasida ikki yil muddat xizmat qildi. 1975-yili Garvard biznes maktabini tamomlagach, u neft sanoati sohasida ishladi. 1978-yilda Bush Vakillar palatasiga oʻz nomzodligini qoʻydi, ammo saylanmadi. Keyinchalik, u Texas Rangers nomli beysbol jamoasiga egalik qilib, 1994-yili Texas gubernatori etib saylandi. 1998-yilda Bush rekord darajadagi (69 foiz) ovozlar soni bilan ikkinchi muddatga qayta gubernator etib saylandi va buning ortidan Texas tarixida ikkinchi muddatga saylangan ilk gubernator boʻldi U gubernatorlik davrida Texasni shamol energetikasini ishlab chiqaruvchi yetakchi shtatga aylantirishga koʻmaklashdi. Bush 2000-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashib, Demokratlar partiyasida boʻlgan amaldagi vitse-prezident Al Gore ustidan gʻalaba qozondi. Qayta sanash va sud jarayonlarini oʻz ichiga olgan bu saylov mamlakat tarixidagi eng bahsli saylovlardan biri boʻldi.
Lavozimiga kirishgach, Bush soliqlarni kamaytirish va taʼlimni isloh qilish toʻgʻrisida qonun loyihasi imzoladi. Kech abort qilishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qonun va eʼtiqodga asoslangan tashabbuslar kabi ijtimoiy-konservativ harakatlarni ilgari surdi. Bush prezidentligi davrida 2001-yil 11-sentyabr terror xurujlari natijasida terrorizmga qarshi kurashish uchun Milliy xavfsizlik vazirligi tashkil etildi. Bush Tolibonni agʻdarib tashlash, al-Qoidani yoʻq qilish hamda Usoma bin Lodenni ushlash maqsadida AQSh armiyasini Afgʻonistonga bostirib kirishga buyruq berdi. U, shuningdek, terrorizmda gumon qilingan shaxslarni nazorat qilish vakolatini beruvchi Patriot qonunini imzoladi.
Bush 2004-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, Demokratlar partiyasidan nomzod Jon Kerrini magʻlub etdi hamda ikkinchi muddatga qayta prezident etib saylandi.
Dastlabki hayoti va karyerasi thumb|upright=0.8|left|Jorj U. Bush ota-onasi Barbara va Jorj G. U. Bush bilan ( 19470
Jorj Uoker Bush 1946-yil 6-iyulda Connecticut shtatining New Haven shahrida joylashgan Grace-New Haven shifoxonasida dunyoga keldi.. U Jorj Gerbert Uoker Bush va Barbara Pirslarning birinchi farzandi boʻlgan. Uning bolaligi Texas shtatining Midland va Xyuston shaharlarida oʻtgan. Uchta ukasi va bitta singlisi boʻlgan boʻlib, ular quyidagilardir: Jeb, Nil, Marvin va Doroti. Boshqa bir singlisi Robin 1953-yili uch yoshida leykoz kasalligi tufayli vafot etgan. Uning ota tarafdan bobosi Prescott Bush Konnektikut shtatidan senator boʻlgan. Jorjning otasi 1981-yildan 1989-yilga qadar Ronald Reygan prezidentligi davrida vitse-prezident, 1989-yildan 1993-yilga qadar esa 41-AQSh prezidenti vazifalarini bajargan. Bush asosan ingliz va olmon (uzoqroq niderland, uels, irland, fransuz va shotland) kelib chiqishga ega boʻlgan.
Taʼlimi
Bush Texas shtatining Midland shahridagi davlat maktabida oʻqidi. U 7-sinfni tamomlaganida oilasi bilan Houston shahriga koʻchib oʻtdi. Keyin u Kinkaid maktabida ikki yil muddat tahsil oldiBush, then the governor of Texas, was the commencement speaker at St. Johnʼs Academy in 1995: .
Bush keyinchalik Massachusets shtatining Andover shahrida joylashgan Phillips Academy nomli maktab-internatda oʻqidi. U ushbu maktab-internatda oʻqigan yillarida beysbol oʻynagan. U 1964-yili Yale universitetiga oʻqishga kirdi va 1968-yilda uni tugatib, tarix boʻyicha bakalavrlik darajasini oldi. Yaleda oʻqigan yillarida u Delta Kappa Epsilonga aʼzo boʻlib, oʻrtoqchilik prezidenti oʻlaroq xizmat qildi . Bush, shuningdek, „Skull and Bones“ („Bosh suyagi va suyaklar“) jamiyati aʼzosi ham boʻlganBush, George W., A Charge to Keep, (1999) Cain, Nick & Growden, Greg „Chapter 21: Ten Peculiar Facts about Rugby“ in Rugby Union for Dummies (2nd Edition), Chichester: John Wiley and Sons, p. 297 . U oʻzini oʻrtacha talaba oʻlaroq taʼriflaydi; . U Yaleda dastlabki uch yilidagi GPAsi 77 ni tashkil etib, universitetdagi soʻnggi yilida ham xuddi shunday oʻrtacha koʻrsatkichga ega boʻlgan.
1973-yilning kuzida Bush Garvard biznes maktabiga oʻqishga kirdi. 1975-yili uni tamomlab, MBA darajasini oldi. U AQSh tarixida MBA darajasini olgan yagona prezidentdirJohn Solomon, Bush, Harvard Business School and the Makings of a President, The New York Times (18-iyun 2000-yil). See also James P. Pfiffner, The First MBA President: George W. Bush as Public Administrator, Public Administration Review (January/February 2007), p. 7..
Yana qarang Bushizm
Manbalar
Oʻqish uchun
Akademik Berggren, D. Jason va Nicol C. Rae. „Jimmy Carter and George W. Bush: Faith, Foreign Policy, and an Evangelical Presidential Style.“ Presidential Studies Quarterly. 36#4 2006. pp 606+. online edition Brands, Hal va Peter Feaver. „The case for Bush revisionism: Reevaluating the legacy of Americaʼs 43rd president.“ Journal of Strategic Studies 41.1-2 (2018): 234-274. online Campbell, Colin, Bert A. Rockman va Andrew Rudalevige, eds.. The George W. Bush Legacy Congressional Quarterly Press, 2007, 352pp; 14 essays by scholars excerpts and online search from Amazon.com Corrado, Anthony, E. J. Dionne Jr., Kathleen A. Frankovic. The Election of 2000: Reports and Interpretations (2001) online edition Daynes, Byron W. Va Glen Sussman. „Comparing the Environmental Policies of Presidents George H. W. Bush and George W. Bush.“ White House Studies 2007 7(2): 163-179. Desch, Michael C. „Bush and the Generals.“ Foreign Affairs 2007 86(3): 97-108. Fulltext: Ebsco Edwards III, George C. va Desmond King, eds. The Polarized Presidency of George W. Bush (2007), 478pp; essays by scholars; excerpt and online search from Amazon.com Fortier, John C. va Norman J. Ornstein, eds. Second-term Blues: How George W. Bush Has Governed (2007), 146pp excerpt and online search from Amazon.com Graham John D. Bush on the Home Front: Domestic Policy Triumphs and Setbacks (Indiana University Press, 2010) 425 pages; covers taxation, education, health care, energy, the environment, and regulatory reform. Greenstein, Fred I. ed. The George W. Bush Presidency: An Early Assessment Johns Hopkins University Press, 2003 Greenstein, Fred I. „The Contemporary Presidency: The Changing Leadership of George W. Bush A Pre- and Post-9/11 Comparison“ in Presidential Studies Quarterly v 32#2 2002 pp 387+. online edition Gregg II, Gary L. Va Mark J. Rozell, eds. Considering the Bush Presidency Oxford University Press, 2004. 210 pp. British perspectives Hendrickson, Ryan C. Va Kristina Spohr Readman, „From the Baltic to the Black Sea: Bush’s NATO Enlargement.“ White House Studies. (2004) 4#3 pp: 319+. online edition Hilliard, Bryan, Tom Lansford va Robert P Watson, eds. George W. Bush: Evaluating the President at Midterm SUNY Press 2004 Jacobson, Gary C. „The Bush Presidency and the American Electorate“ Presidential Studies Quarterly v 33 No.4 2003 pp 701+. online edition Milkis, Sidney M. va Jesse H. Rhodes. „George W. Bush, the Party System, and American Federalism.“ Publius 2007 37(3): 478-503. Moens, Alexander The Foreign Policy of George W. Bush: Values, Strategy, and Loyalty. Ashgate, 2004. 227 pp. Rabe, Barry. „Environmental Policy and the Bush Era: the Collision Between the Administrative Presidency and State Experimentation.“ Publius 2007 37(3): 413-431. Sabato, Larry J. ed. The Sixth Year Itch: The Rise and Fall of the George W. Bush Presidency (2007), experts on the 2006 elections in major states
Strozeski, Josh, et al. „From Benign Neglect to Strategic Interest: the Role of Africa in the Foreign Policies of Bush 41 and 43.“ White House Studies 2007 7(1): 35-51. Wekkin, Gary D. „George H. W. Bush and George W. Bush: Puzzling Presidencies, or the Puzzle of the Presidency?“ White House Studies 2007 7(2): 113-124.
Birlamchi manbalar
Council of Economic Advisors, Economic Report of the President (annual 1947-), complete series online; important analysis of current trends and policies, plus statistical tables Bush, George W. George W. Bush on God and Country: The President Speaks Out About Faith, Principle, and Patriotism (2004)
Havolalar
George W. Bush kutubxonasi va muzeyi Oq uy biografiyasi Bush va birinchi xonim Arxivlangan Oq uy sayti
Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:AQSh prezidentlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik siyosatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar