Usmonali Ismonaliyev (; 1998-yil, 9-fevral, Andijon) – Oʻzbekistonlik futbolchi, markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachisi pozitsiyalarida oʻynaydi. Andijonning „Andijon“ klubi futbolchisi
Futbolchilik faoliyati Usmonali Andijon futboli makatbi tarbiyalanuvchisi. Professional futboldagi faoliyatini 2017-yilda „Andijon“ yoshlar jamoasi tarkibida boshlagan. 2018-yilda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etayotgan „Andijon“ jamoasi asosiy tarkibiga jalb etilgan. „Andijon“ jamoasi asosiy tarkibidan 2019-yildan muqim joy egallashni boshlagan. Andijon klubi tarkibida 50 dan oshiq oʻyin oʻtkazib 10 ga yaqibn gol urgan. Uning semahsul faoliyati toʻpurar himoyachi deb eʼtirof etilishiga sabab boʻlgan.
2021-yil mavsum yakunida „Andijon“ jamoasi bilan shartnomasi yakunlangan Usmonali yangi, 2022-yilgi mavsum oldidan Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Bunyodkor klubida yarim mavsum oʻynaganidan soʻng bir qancha jamoalar Usmonali oʻz tarkibiga jalb etgan, lekin keyinchalik „Bunyodkor“ jamoasidagi faoliyatini davom ettirgan. Bunyodkor jamoasida ham oʻzining sermahsul oʻyinlarini davom ettirdi va 60 ga yaqin oʻyinda 11 ta gol muallifiga aylandi. 2024-yil 8-yanvar „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnomasini 2025-yil soʻngiga qadar uzaytirgan.
Nojoʻya harakat 2024-yil 10-mart Oʻzbekiston Superligasi 2-turida Bunyodkor jamoasi Andijon jamoasiga qarshi mehmondagi oʻyinda maydonga tushdi. Uchrashuvning 32-daqiqasida VAR orqali oʻyindagi vaziyatni muhokama qilayotgan vaqtida Usmonali sobiq jamoadoshi va doʻsti Muhammadkarim Toirovning yelka qismiga oyoq bilan tepadi. Bu vaziyatda bosh hakam Aziz Asimov futbolchiga qizil kartochka koʻrsatadi va maydonda bunday harakat taqiqlangani tushintiradi. Futbolchining oʻzi esa keyinchalik bu vaziyatga quyidagicha izoh bergan: Golimiz VARda tekshirilayotganda Muhammadkarim bilan hazillashgan edim. Boshqa jiddiy gap yo‘q. Agar bu vaziyatdagi hazilim uchun qizil kartochka ko‘rsatilishini bilganimda Muhammadkarimni oldiga umuman yaqinlashmasdim. Xo‘p, men chetlatildim, vaziyatni qo‘rqinchli qilib ko‘rsatish, Toirovni yiqitib, uni yotgan joyida tepish shart emas. Hakam cho‘ntagidan kartochka chiqardi, fikridan qaytmaydi. Hazillashganim uchun qoidaga amal qilishdi, chetlatishdi. Buning natijasida oʻyin yakunida jamoam yirik hisobda magʻlub boʻldi. O‘zimni hammasiga aybdorlik hissi qamrab oldi. Ehtiyotsizligim uchun muxlislar va murabbiylar shtabidan uzr so‘rayman
Yutuqlar
Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 2018
Manbalar
Havolalar
Usmonali Ismonaliyev Transfermarkt saytida Usmonali Ismonaliyev OʻzPFL saytida
Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Andijon viloyati kishilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar