Behnam koʻshki – Eronning Tabriz shahridagi tarixiy bino. Imorat Zand sulolasining keyingi davrida (1750–1794) va Qojarlar sulolasining dastlabki davrida (1781–1925) turar joy sifatida qurilgan.

Nosiriddinshoh Qojar (1848–1896) davrida bu bino tubdan taʼmirlanib, manzarali tasvirlar bilan bezatilgan. Koʻshk qishki bino deb ataladigan asosiy binodan va yozgi bino deb ataladigan kichikroq inshootdan iborat. Qishki bino podvalli ikki qavatli nosimmetrik qurilish sanaladi. Erondagi koʻplab anʼanaviy uylar singari, bu uyning ham ichki (اندرونی, andaruni) va tashqi (بيرونی, biruni) hovlisi bor, tashqi hovli kattaroq. 2009-yilda amalga oshirilgan rekonstruksiya loyihasi davomida ushbu uyda hozirgacha nomaʼlum boʻlgan bir qancha miniatyura freskalari topilgan va ular mutaxassislar tomonidan qayta tiklangan. Behnam koʻshki Tabriz sanʼat universiteti meʼmorchilik maktabi tarkibiga kiradi.

Joylashuvi Behnam koʻshki Tabriz shahrining markazida, Maqsudiya koʻchasida, Soat minorasining qarshisida joylashgan.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Editorial Board, East Azarbaijan Geography, Iranian Ministry of Education, 2000 http://www.eachto.ir

Turkum:Eron koʻshklari Turkum:Eron arxitekturasi Turkum:Tabrizdagi bino va inshootlar Turkum:Qojarlar davri binolari