Kaʼb ibn Umayr al-Gʻaforiyning Zat-Atloh safari () hijriy 8-yilning 3-oyida (milodiy 629-yil iyul) boʻlib oʻtgan.

Yurish Musulmon olimi Safiur Rahmon Muborakpuriyning soʻzlariga koʻra, Muhammad Banu Qudoʼa qabilasining musulmonlarga qarshi koʻp sonli odam toʻplayotgani haqida maʼlumot olgan. Shu sababli Kaʼb ibn Umayr al-Gʻaforiy al-Ansoriyni 15 kishiga bosh qilib ushbu vaziyatni hal qilish maqsadida Vodiy al-Quraga (Suriyaning bir qismi) yaqin hududga yuborgan.

Kaʼb va uning askarlari belgilangan manzilga yetib kelishgach, ularni Islomni qabul qilishga chaqirgan, lekin mushriklar bu taklifga rozi boʻlishmagan. Ular musulmonlar ustidan oʻq yogʻdirib, barchalarini oʻldirishgan. Musulmon askarlaridan biri oʻzini oʻlgandek qilib koʻrsatgan va ogʻir yaralangan holda Muhammadga boʻlgan voqeani yetkazish uchun ortiga qaytganThe sealed nectar, By S. R. Al-Mubarakpuri, Pg244 Author references Rahmat-ul-lil’alameen 2/231.

Muhammad ushbu voqeadan xabar topgach, qattiq xafa boʻlgan va ularga qarshi yurish rejalashtirgan, biroq dushmanning hududni tark etganini eshitgach, yurishni bekor qilgan.

Yana qarang

Muhammadning harbiy faoliyati Muhammadning yurishlari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar Turkum:629