Mizgin Ay (2000-yil 22-iyunda tugʻilgan) – kurd yengil atletikachisi boʻlib, 100 m, 200 m va 400 m masofalarga yugurish musobaqalarida Turkiya sharafini himoya qiladi.

Yoshligi Mizgin Ay 2000-yil 22-iyunda Turkiyaning janubi-sharqidagi Batman shahrida tugʻilgan.

Boshlangʻich maktabda oʻqib yurgan paytlaridayoq yugurishni boshlagan. Oʻn yoshida uning qisqa masofaga yugurishdagi iste'dodi kashf qilingan. Ikki yil oʻtgach, yengil atletika musobaqalarida qatnashgan. 2014-yilda ishtirok etgan barcha musobaqalarda gʻalaba qozonib, oltita oltin medal sohibiga aylangan. 16 yoshida Fenerbahche Athletics jamoasiga qoʻshilgan.

Faoliyati Ay 2017-yili Keniya poytaxti Nayrobida boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 100 m ga yugurishda oltin medal va 200 m masofaga yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2017-yilda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Islom birdamlik o‘yinlarida 100 metrga yugurishda bronza, 4x400 metrga yugurish bo‘yicha yana bir bronza medalini qo‘lga kiritgan.

2018-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan 23-Bolqon yengil atletika yopiq inshootlarida o‘tkazilgan chempionatining 60 metrga yugurish bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 7.38 natija bilan U20 oʻrtasida yangi milliy rekord oʻrnatgan.

2019-yili Turkiyaning Erzurum shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro sprint va estafeta kubogida 100 m masofaga yugurish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2020-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan 25-Bolqon yopiq inshootlardagi yengil atletika chempionatida 60 metrga yugurish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Eng yaxshi shaxsiy natijalari Tadbir Natija Joy Sana 100 m 11,57 s (shamol: +1,3 m/s) Nayrobi 2017-yil 13-iyul 200 m 23,76 s (shamol: -0,7 m/s) Nayrobi 2017-yil 16-iyul 400 m 54,37 s Anqara 2016-yil 24-avgust

Musobaqalardagi rekordi Representing 2017Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiNairobi, Keniya1st100 m11.62 (shamol: +0.5 m/s)3rd200 m23.76 (shamol: -0.7 m/s)Islom birdamlik oʻyinlari Boku, Ozarbayjon 3rd 100 m 11.71 PB3rd 4 x 400 m 3:41.292018 Bolqon yopiq inshootlardagi chempionati Istanbul, Turkiya1st60 m 7.38 U20 NR2019 Xalqaro sprint va estafeta kubogi Erzurum, Turkiya 1st 100 m 2020 Bolqon yopiq inshootlardagi chempionati Istanbul, Turkiya 2nd 60 m 7.38

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar