Nazmiye Muslu Muratlı (1979-yil 13-iyunda tugʻilgan) — turkiyalik ayol pauerliftingchi. Nazmiye Muratlı 40 kilogrammgacha vazn toifasida amaldagi jahon rekordchisi, 2012-yilgi Paralimpiya oʻyinlari oltin medali sohibasidir. U Konya Meram Belediyespor klubi sharafini himoya qiladi.
Bolaligi Nazmiye Muslu 1979-yilda Konyada tugʻilgan. Paraplegiya kasalligi sababli boshlangʻich taʼlimni uyida olgan.
U doʻsti tufayli pauerlifting bilan shugʻullanishni boshlaydi. Dastlab qiynalyotganligi sababli mashgʻulotlardan bosh tortadi, biroq, uning ota-onasi Nazmiyeni mashgʻulotlarini davom ettirishga koʻndiradi.
Natijalari Paralimpiya oʻyinlarida:
1 –41 kg 2016 Rio-de-Janeyro, Braziliya104
1 –40 kg 2012 London, Buyuk Britaniya 106
4 –40 kg 2008 Pekin, Xitoy 90.0
Jahon chempionatlarida:
1 –41 kg 2014 Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 103.0
1 –40 kg 2010 Kuala-Lumpur, Malayziya 105.0
2 –45 kg 2019 Ostona, Qozogʻiston 116.0
2 –45 kg 2017 Mexico, Meksika 107.0
8 –44 kg 2006 Busan, Janubiy Koreya 60.0
Yevropa ochiq chempionatlarida
1 –50 kg 2018 Berck-sur-Mer, Fransiya 111
Faoliyati Nazmiye Muratlı Pauerlifting bilan shugʻullanishni boshlaganidan uch oy oʻtar-oʻtmas milliy milliy terma jamoaga qabul qilindi. Portugaliya oʻtkaziladigan Yevropa chempionatida ishtirok etishi murabbiylar tomonidan maʼlum qilinadi. Xalqaro maydondagi debyutida bronza medalini qoʻlga kiritadi.
Muratli 2005—2006-yillarda Turkiya chempioni boʻlgan. 2005-yilda Yevropa chempionatida bronza va 2007-yilda oltin medallarini qoʻlga kiritgan.
2008-yilgi Pekin Paralimpiya oʻyinlarida Muratli toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2012-yilgi London Paralimpiya oʻyinlarida u 109,0 kg toshni koʻtargan holda shaxsiy rekordini oʻrnatgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2016-yilgi Paralimpiya oʻyinlarida -41 kg vazn toifasida 104,0 kg toshni koʻtarib, jahon rekordini oʻrnatgan va olimpiada oltin medalni qoʻlga kiritgan. Nazmiye Muslu Muratlı ikki karra Paralimpiya oʻyinlari chempioniga aylangan birinchi turkiyalik sportchi hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkiyalik pauerliftingchilar Turkum:Konyada tugʻilganlar Turkum:Ayol sportchilar Turkum:Turkiyalik ayol sportchilar