„Ayiqlar haqida qoʻshiq“ () — 1967-yil bastakor Aleksandr Zatsepinning sovet filmi — „Kavkaz asirasi“ uchun shoir Leonid Derbenev sheʼri asosida yozgan qoʻshigʻi. Qoʻshiq sahna ortida Aida Vedishcheva tomonidan film bosh qahramonlaridan biri — Lida nomidan kuylangan.

Tarixi Filmni suratga olish ishlari uchun tayyorgarlik ketayotgan bir vaziyatda Leonid Derbenev va film rejissyori Leonid Gayday filmda ikkita qoʻshiq ijro etilishiga kelishib olishgan. Ulardan biri Nikulin tomonidan kuylanishi kerak edi, ammo Nina qoʻshigʻining ekran ortidan ijro etilishi masalasi nomaʼlum edi. Keyinchalik bu boʻyicha alohida tanlov oʻtkazilishiga qaror qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun oʻsha davrning bir qancha mashhur qoʻshiqchilari taklif qilinib, ularga toʻgʻridan-toʻgʻri radiostantsiyadan — „S dobrim utrom!!“ dasturidan qoʻngʻiroq qilingan. Saralab olingan qoʻshiq masalasida Leonid Gayday tilidan Fedor Razzoqov voqeani shunday eslaydi:

Vedishchevaning soʻzlariga koʻra, „Melodiya“ tomonidan chiqarilgan ushbu qoʻshiqning ilk versiyasi yetti yarim million nusxani tashkil etgan. Manbalar

Adabiyotlar Зацепин А. С. Песни. Для голоса в сопровождении фортепиано (баяна, гитары) и для баяна с надписанным текстом. — М.: Музыка, 1976. — 160 с.

Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:1967-yil qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar