Vitaliy Vladimirovich Kutuzov (; 1980-yil, 20-mart; Pinsk, Brest viloyati) – belaruslik futbolchi. 2002-yildan 2011-yilgacha Belarus milliy terma jamoasi tarkibida ham faoliyat yuritgan. BATE tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri.
Tarjimayi holi Pinskdagi 3-oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi – Aleksandr Shevelyanchik. 1998-yilda, 18 yoshida u BATE futbol maktabini bitirgan. Futbolchining debyut mavsumida jamoa bosh murabbiy Yuriy Puntus asosan Kutuzovni oʻrinbosarlar tarkibida maydonga tushirgan. „Molodechno“ ga qarshi (2:1) birinchi uchrashuvida u tanaffusdan soʻng Vadim Skripchenko oʻrniga maydonga tushdi va yakunda Yuriy Tixomirovga penalti ishlab berdi. Penaltidan kiritilgan gol yagonaligini saqlab qoldi. Debyut yilida Kutuzov 27 oʻyindan 2 tasida maydonga tushdi. Beshta golga mualliflik va toʻqqizta golga hammualliflik qildi.
Keyingi yili Kutuzov 28 oʻyinda 19 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi. „Naftan“ klubiga qarshi oʻyinda (7:1) xet-trik qayd etdi. Oʻsha mavsumdagi toʻpurarlar roʻyxatida 22ta gol bilan „Slaviya“ futbolchisi Valeriy Stripeykisdan keyin 2-oʻrinni egalladi. BATE mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.
2000-yil 21-iyunda Kutuzov BATE tarixida oliy liga oʻyinida poker qayd etgan ilk futbolchiga aylandi („Naftan“ klubiga qarshi bahsda 8:0 hisobida qayd etildi). 2001-yilgi mavsumda u oʻzining ikkinchi pokerini Minskning „Torpedo-MAZ“ klubiga qarshi (5:2) bahsda qayd etgan. Chempionatning 18 ta uchrashuvida 14 ta gol urgan. Yevropa ligasida Tbilisining „Dinamo“ jamoasiga toʻp kiritdi. Keyingi turda klub oʻz uyida „Milan“ni qabul qildi va tanaffus vaqtida klublar rahbariyati Kutuzovning transferi boʻyicha kelishib olishdi.
2012-yilda kelishilgan oʻyinlarda qatnashgani uchun uch yilga futboldan diskvalifikatsiya qilingan. Bu esa faoliyatini yakunlashiga sabab boʻlgan.
Katta futbolni tark etgach, xobbi sifatida xokkey bilan shugʻullana boshlagan. Monza klubi safida darvozabon pozitsiyasida harakat qilgan.
2017-yilda B toifadagi murabbiylik litsenziyasini olgan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Belaruslik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:FC BATE Borisov futbolchilari Turkum:FC RUOR Minsk futbolchilari
Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Belarus milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Belaruslik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar