Brazzers (/ ˈ b r æ z ər z /, kompaniya nomi: MG Premium Ltd.) — Kanadaning Monreal, Kvebek shahrida tashkil qilingan pornografik videolar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Xozirda kompaniya ofisi aynan shu shaharda joylashgan. Kompaniya shiori „World’s Best HD Porn Site!“. Saytda 2020-yil dekabr xolatiga koʻra 10 036 ta video mavjud boʻlib, ular 33 ta turli xil saytlar tomonidan yuklangan. 2022-yil dekabr oyi holatiga saytlar tarmogʻida 2340 ta porno yulduz (pornoaktrisa va pornoaktyor) lar mavjud bo'lgan.

Tarixi Kompaniya 2005-yilda Monreal investorlari guruhi tomonidan Brazzers Mansef korporativ nomi ostida tashkil etilgan va pornografik saytlarning katta guruhiga kirgan. 2010-yilda Mansef kompaniyani Fabian Tilmanga sotdi va kompaniya nomi Manwin Inc. nomiga oʻzgartirildi. 2012-yil dekabr oyida Thylmann soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlikda gumonlanib Belgiyadan Germaniyaga ekstraditsiya qilindi. 2013-yil oktyabr oyida Thylmann Manwinning aktivlarini, jumladan Brazzers kompaniyasini MindGeek ichki boshqaruv guruhiga sotgan. 2014-yilda Brazzers oʻzining 10 yilligini Nyu-Yorkdagi Times Squareda bilboard yordamida nishonlagan. 2016-yil sentyabr oyida Vigilante Brazzers veb-saytining ma’lumotlar bazasi buzilganligi haqida xabar bergan, bu sayt 2013-yil aprel oyida buzib kirilganidan keyin deyarli 1 million foydalanuvchiga ta’sir qilgan.Breach of Brazzers Forum (MyBroadband) — http://mybroadband.co.za/news/security/178474-the-south-african-government-departments-exposed-in-the-brazzers-porn-forum-hack.html Breach of Brazzers Forum (LifeHacker) — http://www.lifehacker.com.au/2016/09/brazzers-porn-site-forum-hack-lead-to-80000-accounts-exposed/ .

Logotipi Brazzers logotipi bir necha marta oʻzgargan, ammo sariq va qora ranglar saqlanib qolgan va brending uchun qoʻshaloq z harflariga urgʻu berilgan. Reytingi 2021-yil iyul holatiga koʻra, Brazzers.com saytida Alexa trafik reytingida 3,576 chi oʻrinda turgan.

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb sayti

Turkum:Shirkatlar Turkum:Kompaniyalar Turkum:Monrealdagi kompaniyalar Turkum:Video tayyorlovchi saytlar Turkum:Kanada pornografik va erotik veb saytlari