Baraxayn jamiya jamhuriya fozil madrasasi (, ) Chittagongning Anvara shahridagi Baraxayn shahrida joylashgan islomiy muassasadir. U 1974-yilda talabalarga islomga asoslangan taʼlim va madaniyatni oʻrgatish maqsadida tashkil etilgan.

Joylashuvi Bu madrasa Bangladeshning, Chittagong hududi Anvara shahridagi Baraxayn ittifoqida joylashgan.

Tarixi Yuqorida tilga olingan madrasa 1974-yilda mahalliy aholi hamkorligida tashkil etilgan. 1975-yilda Bangladesh madrasalari taʼlim kengashi tomonidan daxil darajasi (SSC) bilan qabul qilingan. Shuningdek, 1996-yilda xuddi shu kengash tomonidan talabalarni alim darajasigacha (HSC) oʻqitish huquqi berilgan. Yana 2017-yilda Islom arab universiteti tomonidan fadil darajasiga qadar dars olishga ruxsat berilgan.

Muvaffaqiyati Madrasa Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan 16- milliy taʼlim haftaligida upazila darajasidagi eng yaxshi muassasa deb topilgan.

Imkoniyatlari Madrasa hududida ochiq bolalar maydonchasi, masjid, katta hovuz, axborot texnologiyalari xonasi, kutubxona va talabalar uchun yotoqxona mavjud.

Oʻqituvchilari Mazkur muassasada 21 nafar oʻqituvchi va 3 nafar xodim faoliyat olib borgan.

Talabalari Madrasada 2020-yil holatiga koʻra, deyarli 950 talaba tahsil olgan. Bu madrasa talabalari har yili JDC, daxil, olim va fadil sinflarini tamomlab oliy taʼlim olish uchun universitetga yuborilgan. Manbalar

Turkum:Chittagongda taʼlim Turkum:Bangladeshdagi Aliya madrasalari Turkum:Bangladeshdagi taʼlim institutlari Turkum:Madrasalar