Ispaniya Sahroi Kabiri () — Sahroi Kabirning g‘arbiy qismida joylashgan. Ispaniya mustamlakasi bo‘lgan bu mamlakat ikki qismdan Rio-de-Oro va Sag‘iyat-al-Xamro deb atalgan hududlardan iborat. Mamlakat Mavritaniya va Ifni bilan chegaradosh. G‘arbiy qismi esa Atlantik okeaniga tutash. Maydoni taxminan 267 ming kvadrat kilometr, aholisi 625 mingdan ziyod. Aholi asosan arab-barbarlardan tashkil topgan. Markazi Vilya-Sisneros shahri.

Tabiati Sathi – okean sohilidan Atlas tog‘lari tomon ko‘tarilib boradigan past tekisliklardan iborat. Mamlakat hududining katta qismini dasht-sahrolar qoplagan. Iqlimi juda issiq. Doimiy oqib turadigan daryolar yo‘q. O‘simlik va hayvonot dunyosiga boy emas.

Tarixi Mahalliy aholi uzoq zamonlardan beri ispan bosqinchilariga qarshi kurashib kelgan. Osiyo va Afrikada yuz berayotgan katta o‘zgarishlardan ruhlangan arablar mustaqillik talab qildilar. Ispaniya mustamlakachilari harbiy-strategik jihatdan qulay joylashgan bu mamlakatdan ketmaslikka ko‘p urindilar. Biroq erksevar arablar to‘la g‘alabaga erishmaguncha kurashishga ahd qildilar. Keyingi yillarda milliy-ozodlik kurashi kuchayib bordi.

Xoʻjaligi Ispaniya Sahron Kabiri g‘oyat qoloq mamlakat. Aholi chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Vohalarda don ekinlari yetishtiriladi. Xalqning tirikchiligi g‘oyat og‘ir. Keyingi vaqtlarda AQSH mustamlakacholari mamlakatni harbiy platsdarmga aylantirdilar.

Manba

Turkum:Mamlakatlar Turkum:Mustamlakalar.