Aleksey Andreyevich Potapenko (; 1981-yil 8-may, Kiyev) — Potap nomi bilan mashhur boʻlgan ukrainalik prodyuser, qoʻshiqnavis, rejissyor, ssenariynavis, bastakor, teleboshlovchi, suv polosi boʻyicha sport ustasi, Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2020), 1+ 1 telekanalidagi Thev Voice vokal shousi murabbiyi, shuningdek, MOZGI Entertainment prodyuserlik markazining asoschisi. „Potap i Nastya“, „Vremya i Steklo“, MOZGI kabi musiqiy guruhlarning aʼzosi va prodyuseri. Shu bilan birga 300 dan ortiq qoʻshiq yozgan va chiqargan. Biografiyasi 1981-yil 8-mayda Kiyevda tugʻilgan. Otasi Andrey Alekseyevich Potapenko (1956-yil 17-yanvarda tugʻilgan) harbiy xizmatchi. Onasi Lyudmila Anatolyevna Potapenko (1958-yil 9-fevralda tugʻilgan) estafetada suvga shoʻngʻish boʻyicha jahon chempioni. Bolaligidan Aleksey suzish, keyin suv polosi bilan shugʻullangan va sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.
Potap ikkita oliy maʼlumotga ega: birinchisi jismoniy tarbiya oʻqituvchisi va suv polosi hamda suzish boʻyicha murabbiy (Ukraina Milliy jismoniy tarbiya va sport universiteti); ikkinchisi iqtisodiyot fanlari, tadbirkorlik va audit magistri (Kiev milliy iqtisodiyot universiteti).
2022—2023-yillarda Barselonada boʻlganda Ukraina Qurolli kuchlarining hududiy mudofaa kuchlariga virtual shaklda qoʻshilgan . Musiqiy faoliyati 2000-yildan 200- yilgacha Potap „VuZV“ rap guruhining aʼzosi boʻlgan. Potapning „Na svoyey Volne“ qoʻshigʻi „Odin za vsex“ filmining saundtreki boʻladi, New’Z’Cool va XS guruhlari bilan birgalikda yozilgan Shtolnya qoʻshigʻi xuddi shu nomdagi birinchi ukrain dahshatli filmining rasmiy saundtreki boʻldi.
2006-yilda Anastasiya Kamenskix bilan birgalikda „Potap i Nastya“ duetini yaratadi, unda Potapenko prodyuser, ijrochi, soʻz va musiqa muallifi, rejissyor va video ssenariy muallifi boʻlgan. Duet xalqaro xitga aylangan „Ne para“ qoʻshigʻi bilan debyut qiladi. Bir yil oʻtgach, Potapenko xit muallifi sifatida „Noviye pesni o glavnom“ festivalining laureati boʻldi. 2008-yilda duet „Ne para“ albomini chiqaradi.
2009-yilda „Potap i Nastya“ guruhi „Ne lyubi mne mozgi“ deb nomlangan ikkinchi albomini chiqaradi, jumladan „Na rayone“, „Noviy god“, „Chipsi, chiksi, lavandos“ qoʻshiqlari albomdan joy olgan. Albomdagi eng mashhur kompozitsiya „Chumachechaya vesna“ qoʻshigʻi boʻlgan.
Potapenko va Kamenskix Oltin Gramafon, Yil qoʻshigʻi, RU.TV va Muz-TV mukofotlarini qoʻlga kiritadilar. „Yesli vdrug tebya ne stanet“ va „Mi otmenyayem kones sveta“ qoʻshiqlari „Dnevnik doktora Zaysevoy“ seriyalida ijro etilgan.
2013-yilda „Vsyo puchkom“ uchinchi albomi chiqdi. Xuddi shu nomdagi qoʻshiq Oltin Gramafon —2014 mukofotini oldi va uzoq vaqt davomida musiqiy chartlarning eng yuqori pogʻonasida „Udi Udi“ qoʻshigʻi bilan boʻladi.
Guruh turli musiqa festivallarida sovrindor boʻlishgan. 2017-yilda „Potap i Nastya“ guruhi „Mahalliy shou-biznesga qoʻshgan hissasi va rivojlanishi uchun“ M1 faxriy mukofoti bilan taqdirlanishdi.
2014-yilda Mozgi loyihasi ishga tushirildi, unda Potapenko prodyuser, qoʻshiqnavis, bastakor, rejissyor va video ssenariy muallifi lavozimini egallaydi. 2015-yildan 2018-yilgacha MOZGI 5 ta nominatsiyada Yearly Ukrainian National Awards mukofotini va 4 ta nominatsiyada M1 Music Awards mukofotini qoʻlga kiritadi va ikki marta gʻolib chiqadi. thumb|240x240px| Potap Laima Rendezvous Jurmala 2017 festivalida 2017-yilda guruh aʼzolari oʻzlarining shaxsiy loyihalarini boshladilar. PTPning birinchi yakkaxon albomi „Speliye slivi EP“ 3-noyabrda chiqadi. Potapenko koʻmagida Kamenskix „#etomoyanoch“ qoʻshigʻini, ukrain tilidagi birgalikda yozilgan „Trimay“, „Day mne“ qoʻshigʻini, ispan va ingliz tillarida Peligroso, LOMALA va „ Popa, kak u Kim“ qoʻshiqlarini chiqarishadi. „Trimay“ yilning asosiy pop-xiti sifatida YUNA 2019 musiqa mukofotini oladi. Peligroso Billboardning 25 ta eng yaxshi tropik qoʻshiqlar roʻyxatida olti hafta davomida boʻladi. Prodyuserlik Potapenko MOZGI, " Vremya i Steklo " guruhlari, qoʻshiqchilar Mishel Andrade va INGRETga prodyuserlik qiluvchi „MOZGI Entertainment“ prodyuserlik markazini boshqaradi.
2019-yilda MOZGI guruhining „Polyube“ klipi Berlin Music Video Awards mukofotiga nomzod boʻladi. Saundtreklari 2011-yilda Potapenko „Vikrutasi“ qoʻshigʻini xuddi shu nomdagi filmning saundtreki uchun yozgan.
2018-yilda „Bezminaya svadba“ filmi chiqadi. Potapenko suratga olishda ishtirok etib, keyinchalik xitga aylangan ikkita kompozitsiyani oʻz ichiga olgan saundtrekni yozadi: Oleg Vinnik bilan duetda ijro etilgan „Naykrashiy den“ qoʻshigʻi hamda MOZGI Entertainment yulduzlari tomonidan „Promin“ qoʻshigʻi. Ikkala kompozitsiya M1 2018 boʻyicha „Yil loyihasi“ mukofotiga nomzod boʻlgan.
Fuqarolik pozitsiyasi 2022-yil fevral oyida Potap Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoraladi. 2022-yil mart oyida Rossiya bosqinini oqlayotgan Sergey Bezrukovni tanqid qilgan videomurojaatini eʼlon qiladi. 2022-yil aprel oyida Potapga 50 yilga Rossiyaga kirish taqiqlanadiLobode, Potapu i Serdyuchke zapretili vʼezd v RF na 50 let. Shaxsiy hayoti Birinchi xotini Irina Gorovaya (2000-yildan 2014-yilgacha), prodyuser. Er-xotin 5 yil birga yashamaydilar va 2014-yilda rasman ajrashishgan.
Oʻgʻli Andrey Potapenko (2008-yil 6-sentyabrda tugʻilgan).
Ikkinchi xotini Anastasiya Kamenskix (2019-yildan). Kamenskiy bilan munosabatlar haqidagi mish-mishlar 2010-yillarning boshlarida paydo boʻlgan, ammo rasman faqat 2019-yilda tasdiqlangan. Filmografiya 2005 — Odin za vsex 2008 — Krasnaya shapochka — boʻri 2010 — Novogodnie svati — kameo 2011 — Nebesnie rodstvenniki — kameo 2012 — Rjevskiy protiv Napoleona — bezori 2013 — 1+1 Doma — kameo 2013 — Zaysev + 1 — boshlovchi 2018 — Bezumnaya svadba — Yevlampiy ota 2020 — Bezumnaya svadba 2 — Yevlampiy ota 2021 — Bezumnaya svadba 3 — Yevlampiy ota Videokliplari Potap — Shivorot navivorot (2005) Potap — Na svoey volne (2005) Potap i Nastya — Bez lyubvi (2006) Potap, New’Z’cool, Yugo — Klub (2006) Potap i Nastya — Nepara (2007) Potap i Nastya — Krepkie oreshki (2007) Potap i Nastya — Vnature (2007) Potap, Dyadya Vadya, Yugo — Natasha (2007) Potap i Nastya — Razgulyay (2008) Potap, Dyadya Vadya, Yugo — Ya pomnyu (2008) Potap, dyadya Vadya, Yugo — Ruki Vverx(2008) Potap i Nastya — Pochemu (2008) Potap i Nastya — Na raYone (2008) Potap i Nastya — Ne lyubi mne mozgi (2009) Potap i Nastya — Noviy god (2010) Potap feat. New’Z’cool, Dyadya Vadya, Yugo — Kachaem (2010) Potap i Nastya — Kray mi e river (2010) Potap i ego komanda — Leto (2010) Potap i ego komanda — More penitsya (2010) Potap i Vera Brejneva — Pronto (2010) Potap i Nastya — Vikrutasi (2011) Potap i Nastya — Chumachechaya vesna (2011) Potap i Nastya — Mi otmenyaem K. S. (2011) Potap i Nastya — Yesli vdrug (2011) Arkadiy Laykin — Layki (2012) Potap i Nastya — Prileleto (2012) Potap i Nastya — Uleleto (2012) Potap i Nastya — Awesome Summer (2012) Potap i Nastya — Lyubov so skidkoy (2012) Vremya i Steklo feat. Potap — Sleza (2012) Arkadiy Laykin feat. Pozitiv — Seksualniy (2013) Arkadiy Laykin — Malimenya (2013) Potap i Nastya — RuRuRu (2013) Potap i Nastya — Vmeste (2013) Potap i Nastya — Vsyo puchkom (2013) Potap i Nastya — Udi Udi (2014) Mozgi — Ayabo (2014) Mozgi — Xlam (2014) Mozgi — Nojompo (2015) Potap i Nastya — Bumdiggibay (2015) Mozgi — Xit moego leta (2015) Potap i Nastya feat. Byanka — Stil sobachki (2015) Mozgi — Vertolyot Potap i Nastya — Umami (2016) Potap i Nastya — Zolotie kiti (2016) Potap i Nastya — Ya……Ya (Yadovitaya) (2017) Mozgi — Atyatya (2017) PTP feat. PZT — Malibu (2017) Mozgi — Ale Ale (2018) Mozgi — Vlajniy plyajniy dvij (2018) Mozgi — Polyube (2018) Mozgi — Digitalization (2019) Mozgi — Chooyka (2019) PTP — Konstanta (2019) Mozgi — 999 (2019) Mozgi — Space Sheeps (2019) PTP —China (2019) Mozgi — SV2 [z k/f „Skajene Vesillya 2“] Potap, Oleg Vinnik i Olya Polyakova — Svyat! Svyat! Svyat! Diskografiyasi 2004 — Potap — „Na svoey volne ili ano kaneshno potomusho shoj“ 2006 — Potap — „Na drugoy volne ili ano kaneshno potomusho shoj“ 2008 — Potap i Nastya — „Ne para“ 2008 — Dyadya Vadya, Potap, Yugo — „Mi bogache…“ 2009 — Potap i Nastya — „Ne lyubi mne mozgi“ 2013 — Potap i Nastya — „Vsyo puchkom“ 2015 — Potap i Nastya — „Shit i Myach“ 2015 — Mozgi — „Elektroshaurma“ 2016 — Mozgi — „Bar“ 2017 — Mozgi — „Na Belom“ 2017 — PTP — „Spelie slivi“ 2019 — PTP — „MISHA/“ 2019 — Mozgi — „Middle Finger“ 2019 — PTP — „/NINA“ Manbalar
Turkum:Kiyevda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:8-mayda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar