{ "type": "FeatureCollection", "features": [
"type": "Feature", "properties": { "marker-color": "#000000", "marker-size": "medium", "marker-symbol": "school" }, "geometry": { "type": "Point", "coordinates": [ 69.278447, 41.296017 ]
] } Gyote nomidagi 60-sonli IDUM — Toshkent shahridagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda oʻqitishga ixtisoslashgan davlat maktab muassasasi. 2019-yildan maktab nemis yozuvchisi Iogann Volfgang fon Gyote nomi bilan ataladi. Ushbu maktab Oʻzbekistondagi eng yaxshi 10 ta davlat taʼlim muassasalari qatoriga kiradi.
Tarixi 1917-yilda Gogol koʻchasida (hozir Istiqbol koʻchasi) ixtisoslashtirilgan temir yoʻl maktabi ochildi. 1920-yilda maktab 60-sonli ixtisoslashtirilgan maktab deb oʻzgartirildi va V. A. Shumilov direktor etib tayinlandi. 1962-yilda 60-maktab nemis tilini chuqur oʻrganadigan ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirildi. 1985-yilda maktab binosi Chexov koʻchasi, 23-uyga koʻchirildi. Eski binoda hozirda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi joylashgan. 1991-yilda Tatyana Nekrasova 60-sonli maktab direktori boʻldi. 2019-yildan maktab nemis yozuvchisi Iogann Volfgang fon Gyote nomi bilan ataladi. 2022-yilda maktab binosida kapital taʼmirlash ishlari yakunlanib, ikkinchi binosi qurildi. 2022-yil 1-noyabr kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok maktabga tashrif buyurib, oʻquvchilarning bilim darajasini yuqori baholadi.
Faoliyat Gyote nomidagi 60-sonli IDUM oʻquvchilarni Germaniya universitetlarida oʻqish uchun zarur boʻlgan xalqaro til diplomini (DSD) olishga tayyorlash markazidir. 1996-yildan beri maktab Germaniyaning Xorijdagi maktablar markaziy idorasi (Zentralstelle für das Auslandsschulwesen, ZfA) bilan hamkorlik qiladi.
2020-yildan beri Vikipediyada maqolalar yozish uchun tashkil etilgan „Wikischool“ klubi oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda. 2023-yilda maktab oʻquvchisi Yaroslav Galiyev „Viki Yerni Sevadi Oʻzbekiston 2023“ foto tanlovida, Azizbek Karimov va Azimxon Abbosxonov esa WikiStipendiya II doirasidagi „Tarjima marafonida“ sovrindor boʻlishgan.
Taniqli bitiruvchilar Irina Semenova — oʻzbekistonlik shaxmatchi, xalqaro FIDE hakami. Maksim Shin — tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Sardor Abdukarimbekov — qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempioni. Viktoriya Nikiforova — badiiy gimnastika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni.
Galereya
Manbalar
Turkum:Toshkent maktablari