„We Will Rock You“ — „Queen“ rok-guruhining „News of the World“ albomidagi qoʻshiq. Brian May tomonidan yozilgan. Baʼzi davlatlardagina chiqarilgan singl (yakkalik qoʻshiq) boʻlishiga qaramay, dunyoning koʻpgina mamlakatlarida mashhurlikka erishgan va qoʻshiqqa videoklip ham suratga olingan. Amerikada „We Will Rock You“ va „We Are the Champions“ qoʻshiqlari plastinkaning bir tomonida chiqarilgan, chunki ular doim radioda ham, sport musobaqalarida ham birga kuylangan va albomda ham birga yozilgan.

Qoʻshiq Amerika qoʻshiq yozish kompaniyalari assotsiatsiyalarining „Asr qoʻshiqlari“ reytingida 146-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan. „We Will Rock You“ qoʻshigʻining ritmi real vaqt rejimida tush koʻrish davomida yozib olingan birinchi musiqaga aylandi. Tadqiqot Amerikaning ilmiy jurnali boʻlgan va American Psychological Association tomonidan retsenziya qilingan Dreaming jurnalida eʼlon qilingan.

Qoʻshiq haqida Qoʻshiq oʻzining esda qolarli ritmi orqali mashhur — ikki marotaba oyoq bilan yer tepish va bir marta qarsak chalish. Ushbu harakatlar joʻrligi qoʻshiqni ochib beradi va uning oxiriga qadar davom etadi. Ushbu qoʻshiq yana shunisi bilan noyobki, unda faqat bitta musiqa asbobi — elektrogitara ishtirok etadi. Freddie Mercury koʻp hollarda sahnaga chiqishda oʻziga xos shlyapa yokida konsert chet elda oʻtkazilayotgan boʻlsa, bir tomonida Buyuk Britaniya, boshqa tomonida esa konsert boʻlayotgan davlat bayrogʻi aks etgan kostyumda koʻrinish bergan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Queen guruhi qoʻshiqlari