Young Woman and the Sea — Glenn Stoutning 2009-yilda yozilgan xuddi shu nomdagi asari asosida yaratilgan film. Rejissyor Joachim Rønning, ssenariy muallifi Jeff Nathanson. Walt Disney Pictures hamda Jerry Bruckheimer Films tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu filmda Daisy Ridley amerikalik suzuvchi Gertrude Ederle rolini oʻynagan. Ikkinchi darajali rollarni Tilda Cobham-Hervey, Stephen Graham, Kim Bodnia, Christopher Eccleston va Glenn Fleshler ijro etgan. 2015-yilda prodyuser Jerry Bruckheimer kitob asosida film suratga olish huquqlarini qoʻlga kiritgan.
„Young Woman and the Sea“ filmi 1924-yilgi Olimpiya oʻyinlarida suzish boʻyicha birinchi marta oltin medalni qoʻlga kiritgan amerikalik chempion Gertrude Ederle haqida hikoya qiladi.
Rollarda
Daisy Ridley Gertrude „Trudy“ Ederle rolida – amerikalik suzuvchi va Olimpiya chempioni. Tilda Cobham-Hervey Margaret „Meg“ Ederle rolida – Gertrudening singlisi. Stephen Graham Bill Burgess rolida – Gertrudeni kuzatayotgan dengizchi. Kim Bodnia Henry Ederle rolida – Gertrudening otasi. Christopher Eccleston Jabez Wolffe rolida – Gertrudening murabbiyi. Glenn Fleshler James Sullivan rolida. Jeanette Hain as Gertrude Anna Ederle –Gertrudaning onasi. Sian Clifford Charlotte rolida – Gertrudaning suzish boʻyicha murabbiyi.
Suratga olinishi Asosiy suratga olish ishlari 2022-yilning may oyi boshida boshlanib, shu yilning 18-iyun sanasiga qadar davom etgan.
Namoyish qilinishi Filmning xalqaro miqyosdagi premyerasi 2024-yil 16-mayda Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan.
Marketing Filmning ilk tasvirlari People jurnali orqali 2024-yil 6-mart sanasida namoyish qilingan. Film treyleri esa xuddi shu yilning 11-aprelida CinemaConda ekranga chiqarilgangan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:2020-yilgi Amerika filmlari Turkum:2024-yil filmlari Turkum:Sport haqidagi AQSh filmlari Turkum:Biografik filmlar