Elmira Mikayil qizi Gafarova (1-mart 1934-yil — 1-avgust 1993-yil) — ozarbayjonlik siyosatchi va diplomat boʻlgan. Ozarbayjon SSR Maorif vaziri (1980—1983), Ozarbayjon SSR Tashqi ishlar vaziri (1983—1987), Oliy Sovet Prezidiumi raisi (1989—1990), Ozarbayjon Oliy Sovetining raisi (1990—1991), Milliy Majlis raisi. Yoshlik davri

Elmira Gafarova 1934-yil 1-martda Ozarbayjonning Boku shahrida tugʻilgan. 1952-yilda oʻrta maʼlumotni tamomlab, 1953-yilda Boku davlat universitetiga oʻqishga qabul qilindi. 1958-yilda universitetning filologiya fakultetini tamomlab, 1961-yilgacha Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Universitetda oʻqib yurganida Gafarova universitet komsomol qoʻmitasining oʻrinbosari boʻlgan. 1958-yilda Ozarbayjon Kommunistik partiyasi aʼzoligiga qabul qilindi. 1962-yilda Ozarbayjon komsomoli markazi tashkiliy qoʻmitasi raisi, 1966—1970-yillarda tashkilotning birinchi kotibi lavozimlarida ishlagan.

Siyosiy faoliyati 1970—1971-yillarda Ozarbayjon KP MK Madaniyat boʻlimi mudiri, 1971-yildan 1980-yilgacha Boku partiya qoʻmitasi kotibi lavozimlarida ishlagan. 1980-yilda Gafarova Ozarbayjon SSR Maorif vaziri lavozimiga tayinlandi, bu lavozimda 1983-yilgacha ishladi. 1983—1987-yillarda Gafarova Ozarbayjon SSR Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Xorijiy xizmatda boʻlganida, 1984-yil oktyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining irqchilik va kamsitish masalalariga bagʻishlangan sessiyalarida qatnashdi. Gafarova Ozarbayjon Oliy Sovetiga ham saylangan. 1987-yildan 1991-yilgacha Ozarbayjon SSR Oliy Sovetining Spikeri, Sovet Ittifoqi Oliy Sovetiga deputat etib saylangan. 1987—1989-yillarda Ozarbayjon SSR Bosh vazirining oʻrinbosari boʻlib ham ishlagan.

Gafarova parlament spikeri boʻlganida 1989-yil 30-dekabrda Ganjaning tarixiy nomini tiklashda katta rol oʻynadi va 1990-yil 13-martda butun Ozarbayjonda nishonlanadigan Navroʻz bayramini rasmiy davlat bayramiga aylantirdi.

1991-yil 18-oktabrda Ozarbayjon mustaqilligini tiklash va 1992-yil 2-martda Ozarbayjon Respublikasini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilishda ham uning hissasi bor.

Mukofotlari Gafarova SSSRning turli orden va medallari bilan taqdirlangan. Faoliyati davomida „Mehnat Qizil Bayroq ordeni“ va „Hurmat Belgisi“ ordenilari bilan taqdirlangan.

Vafoti

Elmira Gafarova 1993-yil 1-avgustda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida vafot etdi. Gafarova Boku shahridagi Faxriy dafn xiyoboniga dafn etildi.

Yana qarang Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Izohlar

Manbalar