Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali — 2019-yildan boshlab har ikki yilda bir marta Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan festival. 2018-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Prezidentining Surxondaryoga tashrifi chogʻida uning taklifi bilan ushbu festivalni anʼanaviy oʻtkazish rejalashtirilgan. Festivaldan koʻzda tutilgan maqsad sharq xalqlari folklor sanʼatining yetakchi janrlaridan biri boʻlgan baxshichilikni keng targʻib qilish, folklor anʼanalari va qadriyatlarini rivojlantirish va uni chuqurroq oʻrganishga qaratilgan. Baxshichilik va dostonchilik tarixi, ularning ijodini mukammal oʻrganish, xalq ogʻzaki ijodiga oid asarlarni toʻplash, baxshi-shoir, oqin va jirovlar ijodining sharq madaniyati va sanʼatidagi oʻrni hamda ahamiyatini yanada oshirishdan iborat.
Festival jarayoni 2019-yili ilk bor Surxondaryo viloyati Termiz shahrida boʻlib oʻtgan festivalda 74 ta mamlakatdan 160 dan ziyod vakil qatnashgan.
Ushbu festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar ham tashkil etilgan. Xususan, 2021-yil Nukusda „Baxshichilik sanʼatining jahon madaniyati sivilizatsiyasida tutgan oʻrni“ mavzusida konferensiya oʻtkazilgan.
Mukofotlanganlar roʻyxati Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalida mukofotlanganlar roʻyxati 2023-yil Egallagan oʻrniIsmi-familiyasiQaysi davlatdanMukofotlar (AQSH $)Gran priIlhom NorovOʻzbekiston70001-oʻrinSariyev Garyagdi
Salamat Ayapov
Sandan Ares
Risbay IsakovTurkmaniston
Qoraqalpog‘iston
Rossiya
Qirg‘iziston2500
2500
2500
25002-oʻrinRasulbek Abduraxmonov
Nugzar Kavtaradze
Sarvar Sabri Kamal
Yaroslav Dmitrov XristovO‘zbekiston
Gruziya
Hindiston
Bolgariya1750
1750
1750
17503-oʻrinDilmurod Gulmurodov
Serik Jaqsiqulov
Erdane Vat Yesun
Shin Ja SunO‘zbekiston
O‘zbekiston
Mongoliya
Koreya1250
1250
1250
1250
Manbalar
Turkum:Tanlovlar Turkum:Festivallar Turkum:Folklor Turkum:Oʻzbekistondagi festivallar
Havolalar