Esperança Gicaso (1992-yil 2-iyulda tugʻilgan) — Angolalik paraatletika boʻyicha sportchi. U 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Angolaning bayroqdori boʻlib maydonga chiqqan. Gicaso koʻzi ojiz sportchilar uchun T11 tasnifida sport musobaqalarida ishtirok etadi.
Faoliyati Gicaso sport musobaqasida ishtirok etish uchun mashgʻulotlarini 2008-yilda boshlagan. 2011-yilda u Mozambikning Maputu shahrida boʻlib oʻtgan Afrika oʻyinlarida 100 metrga yugurish boʻyicha T11 musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. U 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 100 metrga T11 va 200 metrga T11 hamda 400 metrga T12 yugurish musobaqalarida qatnashgan. Gicaso musobaqaning final bahsigacha yetib bora olmagan.
2013-yilda Fransiyaning Lion shahrida boʻlib oʻtgan IPC yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida Gicaso T11 yoʻnalishida 200 metrga yugurish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2015-yilda Kongo Respublikasining Brazzavil shahrida boʻlib oʻtgan Afrika oʻyinlarida u T11 yoʻnalishida 100 metrga yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Gicaso Rio-de-Janeyrodagi 2016-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Angolaning bayroqdori sifatida maydonga tushgan. U 100 metr, 200 metr va 400 metrga T11 yoʻnalish musobaqalarida qatnashgan.
2017-yilda Londonda boʻlib oʻtgan paraatletika boʻyicha jahon chempionatida Gicaso 100 metrga T11 yoʻnalishi boʻyicha yugurishda kumush medal va 200 metrga T11 yoʻanlish boʻyicha yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritgan. U Angola Olimpiya sportchilari assotsiatsiyasi tomonidan 2017-yilning eng qimmat sportchisi deb topilgan.
Shaxsiy hayoti Gicaso Angolaning Maianga shahrida yashaydi. U Luandadagi maktabda portugal tilidan dars beradi.
Manbalar
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar