Sergey Ivanovich Raxmanin (; 1969-yil 17-aprel, Xarkov) — ukrainalik siyosatchi, jurnalist, publitsist va teleboshlovchi. „Zerkalo nedeli“ gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari. 9-chaqiriq Ukraina xalq deputati. Oliy Rada milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qoʻmitasi aʼzosi. Biografiyasi Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Raxmanin „Utro“ jurnalida muxbir boʻlib ishlagan va Kiyevdagi „Molodaya gvardiya“ gazetasining mustaqil muxbiri boʻlgan. 1992-yildan 1998-yilgacha „Kiyevskie vedomosti“ gazetasi reportyori, muxbiri, maxsus muxbiri, siyosat tahririyati muharriri oʻrinbosari, siyosat tahririyati muharriri, bosh muharriri oʻrinbosari. 1998-yil oktyabr oyidan „Zerkalo Nedeli“ gazetasi siyosat boʻlimi muharriri. 2001-yil sentyabr oyidan Jurnalistlik etikasi boʻyicha Butunukrain komissiyasining aʼzosi. 2001-yilda „Xartiya-4“ jamoat tashkilotiga asos solgan. 2014-yildan 2019-yilgacha ZIK telekanalida „Igra v klassiku“ dasturining boshlovchisi, 2018-yildan Radio NVda „Apokrif“ dasturining boshlovchisi. Sergey Raxmanin „Demokratiya beshigini tebratgan qoʻllar“ (Руки, качающие колыбель демократии, 2002) kitobining muallifi. „Незалежність. Український варіант“ hujjatli filmi (2003) ssenariysi muallifi.
Siyosiy faoliyati 2019-yilgi parlament saylovida „Golos“ partiyasidan xalq deputatligiga nomzod, roʻyxatda 8-oʻrinda boʻlgan. Saylov paytida yakka tartibdagi tadbirkor, „Golos“ partiyasi aʼzosi. Kiyevda yashaydi deb koʻrsatilgan. 2020-yilgi mahalliy saylovlar paytida Transkarpatiyadagi „Golos“ning saylov kampaniyasini boshqargan. „Golos“ partiyasining parlamentdagi fraksiyasi raisi. Oliy Rada milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qoʻmitasi aʼzosi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasidagi doimiy delegatsiya aʼzosi. Oilasi Xotini Kira Yuryevna Ivashova, ikki qizi: Varvara (1996) va Yustina (2005) bor. Mukofotlari Butunukrain jurnalistika festivali laureati (1997), „Yil odami — 99“ milliy dasturining „Yil jurnalisti“ nominatsiyasi gʻolibi, Butunukrain jurnalistika festivali gʻolibi (1999), „Yil odami — 97“, „Yil odami — 2001“ dasturlari laureati, „Jurnalist fikri“ tanlovi gʻolibi (2001), „Jurnalist fikri“ tanlovi laureati (2002), „Zolotoya kopita“ („Oltin tuyoq“) birinchi umumukrain siyosiy satira tanlovi laureati (2002), Jurnalistikadagi yutuqlari uchun Aleksandr Krivenko nomidagi mukofot sovrindori boʻlgan (2004). „Debyut“ nominatsiyasida Teletriumf mukofoti sovrindori boʻlgan (2008). Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:17-aprelda tugʻilganlar