Carlo Cudicini (6 sentyabr 1973) – asosiy faoliyatini Chelsea klubida darvozabon sifatida oʻtkazgan Italiyalik futbolchi. U sobiq AC Milan darvozaboni Fabio Cudicining oʻgʻli va Ponziana himoyachisi Guglielmo Cudicinining nevarasi. Cudicini hozirda Chelseada klubida ijaradagi futbolchilar uchun texnik murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Cudicini 1992-yilda Serie A jamoasi AC Milanda professional futbolchilik faoliyatini boshladi, ammo asosiy jamoaga kirishga qiynalib, dastlab 1996-yilda Como jamoasiga ijaraga beriladi, soʻngra faoliyatini Prato va Lazio klublarida olib boradi. Lazio tarkibida liganing faqatgina bitta oʻyinida maydonga tushgach u bir yil oʻtib Castel di Sangro, keyin esa 1999-yilda Premyer Liga jamoasi Chelseaga klubiga oʻtdi.

U Claudio Ranieri davrida asosiy darvozabon boʻladi, ammo 2004-yilda yangi murabbiyi José Mourinho Petr Čech bilan shartnoma imzolagach Carlo asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotdi. Cudicini 2009-yil yanvar oyida Chelseani tark etadi, u klub safida jami 141ta liga oʻyinida ishtirok etadi. Oʻsha yili u Londonning boshqa bir klubi Tottenham Hotspur tarkibiga qoʻshiladi. Tottenhemda ham u ikkinchi yoki uchinchi darvozabon sifatida qoldi va klub uchun faqatgina 19ta liga oʻyinida maydonga tushadi. 2013-yilda Cudicini Major League Soccerning Los-Anjeles Galaxy klubiga borib qoʻshiladi.

Cudicini 1990 va 1992-yillar oraligʻida Italiya U-18 jamoasi safida 20 marotaba maydonga tushdi va 21 yoshdan kichiklar jamoasida ham bir marta oʻynadi, ammo hech qachon asosiy terma jamoasidan chaqiruv olmaydi.

Klubdagi karyerasi Chelsea Debyutini Skonto Riga qarshi UEFA Chempionlar ligasi saralshida oʻtkazgan darvozabon mavsumni bor yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan holda yakunlaydi. U 2000-yilgi Angliya kubogi finalida ham zaxirada qoldirilgan. Keyingi mavsumdan boshlab u biroz koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻla boshladi. Cudicini 23 ta turda maydonga tushgan boʻlsa, De Goey 15 turni asosiy tarkibda oʻtkazadi.

2001-2002-yilgi mavsum muxlislar tomonidan Chelseaning yil oʻyinchisi deb tanlandi. 2001-yil dekabr oyida Sunderland va Liverpoolga qarshi yetti kunlik vaqt oraligʻida oʻtgan oʻyinlarda ikki penaltini ham bartaraf etadi.

Cudicini 2002-03 yilgi mavsumda ITV Premiership Goalkeeper of the Season sovriniga loyiq koʻrildi.

Tottenham Hotspurs

2009-yil 26-yanvar kuni Cudicini Tottenham Hotspur tarkibiga erkin agent sifatida qoʻshilganligi maʼlum qilindi. U klub uchun oʻz debyutini 2009-yil 27-yanvar kuni Premyer Liga doirasida Stoke Cityga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va u oʻyinda London klubi 3-1 hisobida zafar quchdi.

LA Galaxy

Cudicini 2012-yil 31-dekabr kuni MLS klubi LA Galaxyga yana erkin agent sifatida qoʻshiladi. Darvozabon u yerda 2014-yil 26-yanvar qadar toʻp suradi.

Murabbiylik faoliyati 2015-yil mart oyida Cudicini Irlandiya Respublikasi 21 yoshgacha futbol jamoasi murabbiylar shtabiga darvozabonlar murabbiyi sifatida qoʻshildi.

2016-yil iyul oyida Cudicini Chelseaga qaytadi va yangi birinchi jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega yordamchi sifatida faoliyat boshlaydi. U 2018-19-yillarda Maurizio Sarri davrida ham ishini davom ettirdi.

2019-yil avgust oyida Cudicini ijaradagi futbolchilar uchun texnik murabbiy etib tayinlandi.

2022-yil dekabr oyida Cudicini FAI Coach Education Department kursida oʻqiganidan soʻng Dublinda UEFA professional murabbiylik litsenziyasini oldi.

Statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinish va gollarKlubYillarLiga oʻyinlaridagi statistikasiMavsumdagi umumiy statistikasiDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarAC Milan1991-92Serie A00001992-93Serie A0030Umumiy0030Como (ijara)1993-94Seria C6070Prato1995-96Seria C300300Lazio1996-97Serie A1010Castel di Sangro1997-98Seria B1401601998-99Seria C320380Umumiy460540Chelsea (ijara)1999-2000Premyer Liga1030Chelsea2000-01Premyer Liga2402902001-02Premyer Liga2804102002-03Premyer Liga3604602003-04Premyer Liga2604002004-05Premyer Liga301102005-06Premyer Liga401202006-07Premyer Liga801102007-08Premyer Liga1001902008-09Premyer Liga2040Umumiy14202160Tottenham Hotspur2008-09Premyer Liga40402009-10Premyer Liga70802010-11Premyer Liga801302011-12Premyer Liga001102012-13Premyer Liga0010Umumiy190370LA Galaxy2013MLS210250Jami26503730

Sovrinlari AC Milan

Serie A: 1992-93 UEFA Championlar Ligasi finalchisi: 1992-93

Chelsea

Angliya Premyer Ligasi: 2004-2005, 2005-2006-yillar

FA Cup: 1999-2000, 2006-07 Angliya Liga kubogi: 2004-05, 2006-07; finalchi: 2007-08 FA Charity Shield/FA Community Shield: 2000, 2005

Manbalar

Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:LA Galaxy futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar