Roman Steinberg (, 1900-yil 5-aprel – 1939-yil 20-mayVo mnogix istochnikax ukazivaetsya nevernaya data smerti – 16 aprelya 1928 goda), keyinchalik familiyasini Kivimägi () – estoniyalik yunon-rum kurashchisi, Parijdagi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi (1924). Biografiyasi Roman Steinberg 1900-yil 5 aprelda Rossiya imperiyasining Tallin shahrida tugʻilgan. Kema motorchisi boʻlib ishlagan. Bir qator manbalar, jumladan, Estoniya ensiklopediyasida Roman Steinberg 1928-yilda Tallinda 28 yoshida vafot etgani koʻrsatiladi. Biroq, bu maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, chunki Steinberg spirtli ichimliklar shishalarini (4 shisha konyakni) deklaratsiya qilmagani uchun 7 haftaga qamalganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Qamalishi ensiklopediya tomonidan sportchi vafot etgan kun sanasi chop etilishidan keyin sodir boʻlgan. 1938-yilda Roman Steinberg familiyasini toʻgʻridan toʻgri shu maʼnoni bildiruvchi estoncha familiyaga Kivimägiga oʻzgartiradi. Anette Takk (1905—1967) bilan turmush qurgan (toʻyi 1938-yildan keyin boʻlib oʻtgan). Ularning Eike Tikerpuu (1929—2009) ismli qizi boʻlgan. 1939-yil 20-mayda 39 yoshida sil kasalligidan vafot etgan. Buni Päevaleht ja Uudislehtdagi qayd yozuvi va qabr toshidagi sana tasdiqlaydi.
Faoliyati Valvaya sport seksiyasida kurashni bilan shugʻullangan va oxir-oqibat „Kalev“ klubiga oʻtadi va u yerda Robert Oksa murabbiyligida mashgʻulotlarni boshlaydi. 1921-yilda yunon-rum kurashi boʻyicha yarim oʻrta vaznda Estoniya chempioni boʻladi. Keyingi yili oʻrta vazn toifasiga koʻtariladi, 1922 va 1923-yillarda yana ikkita milliy chempionlikni qoʻlga kiritadi. 1924-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Roman Steinbergning bronza medali hozirda Tartu sport muzeyida saqlanadi.
Manbalar
Turkum:1939-yilda vafot etganlar Turkum:20-mayda vafot etganlar Turkum:1900-yilda tugʻilganlar Turkum:5-aprelda tugʻilganlar