Tiit Pääsuke (; 1941-yil 22-dekabr, Põltsamaa) – estoniyalik rassom va oʻqituvchi. Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1982) . Biografiyasi Tiit Pääsuke 1941-yil 22-dekabrda Põltsamaa shahrida tugʻilgan. 1957—1962-yillarda Tartu rassomlik bilim yurtida tahsil olgan. 1962—1963-yillarda va 1966—1971-yillarda Estoniya SSR davlat sanʼat institutida tahsil oaldi, u yerda oʻqituvchisi Lepo Mikko boʻlgan. Oʻqish davrida „ANK-64“ yoki „SOUP-69“ kabi turli talabalar badiiy jamoalarga qoʻshilmaydiKto est kto v kulture Estonii : izobrazitelnie iskusstva, literatura, teatr, muzika, kino . Avenarius, 1996. Oʻqishni tugatgach, sanʼat institutida oʻqituvchi boʻlib ishlaudi. 1980-yillarda ijodiga Pääsuke ijodiy uslubi taʼsir koʻrsatgan rassomlar Jaak Arro, Epp-Mariya Kokamägi, Tiina Tammetalu, Kreg A-Kristing va Inga Aru uning shogirdlari boʻlishganKto est kto v kulture Estonii : izobrazitelnie iskusstva, literatura, teatr, muzika, kino . Avenarius, 1996. 1992-yildan 2006-yilgacha Estoniya Badiiy akademiyasining professori, keyin faxriy professori. 2004-yilda Tartu universitetining tasviriy sanʼat professori boʻladi. 1973-yildan 20 dan ortiq shaxsiy koʻrgazmalarini oʻtkazadi. 1970—1980-yillarda Estoniya rassomlchiligining yetakchi namoyandalaridan biri sanaladi. Pääsuke oʻz ishidagi eng sevimli mavzular inson va zamonaviy sivilizatsiya, inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar ham ekologik muammolardir. Koʻpincha oʻz asarlarini ataylab „tugallanmagan“ holda qoldiradiKto est kto v kulture Estonii : izobrazitelnie iskusstva, literatura, teatr, muzika, kino . Avenarius, 1996. Uning asarlari Estoniya sanʼat muzeyi, Tartu sanʼat muzeyi, Tallin sanʼat uyi, Viynistu sanʼat muzeyi, Estoniya davlat kanselyariyasi va boshqalar kolleksiyalarida saqlanadiTiit Pääsuke // noar.eu. 1975-yil 1981-yilda Kristjan Raud mukofoti bilan, 1991-yilda Tiit Pääsuke Konrad Mägi medali bilan taqdirlangan, 1999-yilda IV darajali Oq yulduz ordeni sobibi boʻlgan va 2000-yilda Eesti Kultuurkapital jamgʻarmasining mukofotiga sazovor boʻlganTiit Pääsuke // noar.eu. 2018-yilda Estoniya Madaniyat jamgʻarmasining mukofoti bilan mukofotlangan. Estoniya milliy madaniyat mukofoti laureati (2012; 2021).
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:22-dekabrda tugʻilganlar