Sava Grujić () (1840-yil – 1913-yil) — Serbiyalik harbiy va davlat arbobi.

Hayoti Sava Grujić 1840-yil 25-noyabrda Smederev yaqinidagi Kolari qishlogʻida tugʻilgan. Taʼlimni Belgrad harbiy bilim yurtida olgan. 1861-yilda uSava artilleriyaning ikkinchi leytenanti unvonigacha koʻtarildi va tez orada artilleriyani amaliy oʻrganish uchun Prussiyaga yuborildi va u yerda 1863-yilgacha amaliyot oʻtadi. Oliy artilleriya maʼlumotini olishni istagan Gruich Rossiya xizmat armiyasiga kiradi. 1864-yilda 23-artilleriya brigadasiga oʻqishga qabul qilinadi. Oʻqishni yaxshi tamomlagan Sava Sankt-Peterburgda 2 yil xizmat oʻtaydi.

1870-yilda Grujić Serbiyaga qaytib keladi. 1873-yilda Sava Serbiya armiyasidan urush vaziri Alimpikni ayblovchi maqolasi uchun ishdan boʻshatildi, ammo oʻsha yili u yana xizmatga qabul qilindi va avval Kragujevacdagi arsenal boshligʻi, keyin esa artilleriya boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi. 1876-yilda Sava Dmitrievich Gruich polkovnik unvoniga sazovor boʻldi. Serb-turk urushi paytida Grujić general Chernyaev armiyasida artilleriya boshligʻi boʻlgan va Vabina Glava, Aleksinac va Deligrad qoʻmondonligidagi ishlarda oʻzini namoyon qilgan. 1877-yilda mudofaa vaziri etib tayinlangan Grujić Serbiya armiyasida koʻplab maqsadga muvofiq islohotlar oʻtkazadi va ulkan natijalarga erishadi. 1879-yil boshida Grujić Bolgariyadagi elchixonada bosh konsul, 1882-yilda Afinadagi elchi, 1887-yilda toʻliq general darajasiga koʻtarilib, Sankt-Peterburgga elchi etib tayinlanadi. 1891-yilda Grujić Davlat kengashi raisi, 1892-yilda Konstantinopoldagi elchi, 1893-yilda vazir-prezident, 1897-yilda yana Rossiya imperiyasi poytaxti Sankt-Peterburg shahriga elchi etib tayinlanadi. 1899-yilda Grujić qirol Milanning hayotiga suiqasd qilishda ayblanib, lavozimidan boʻshatiladi va sudga tortiladi. Ammo bu qarorni eshitgan Sava chet davlatga qochib ketadi. 1900-yilda Milanning qulashi bilan Grujićning barcha huquqlari, unvonlari va mukofotlariga qaytariladi. Sava Grujich 1913-yil 25-noyabrda Belgrad shahrida vafot etadi.

Manbalar

Turkum:Harbiy arboblar Turkum:Davlat arboblari