Navroʻzbek Iminjonov (Наврўзбек Иминжонов) – oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston Superligasining „Metallurg“ futbol klubi markaziy hujumchisi sifatida toʻp suradi. Faoliyati Futboldagi ilk qadamlarini Odil Ahmedov akademiyasida boshlagan. Faoliyatining asosiy qismini Namanganning „Navbahor“ jamoasida (shuningdek, „Navbahor-Farm“da) oʻtkazgan. 2026-yil fevral oyida Bekobod jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
2025-yilgi Oʻzbekiston Superligasida Navbahor safida 12 ta va Oʻzbekiston Kubogida 1 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Olimpik jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari