Olov olov (inglizchada: Bright Fire, turkchada: Alev alev, soʻzma soʻz tarjimasi olov olovi) – Turk dramatik teleseriali. Rejissyor Ahmet Katıksız, ssenariy mualliflari Burcu Görgün Toptaş va Damla Serim. Premyerasi 2020-yil 5-noyabrda Show TV telekanali orqali taqdim etilgan. Film Le Bazar de la Charite fransuz miniserialining qayta ishlangan versiyasi hisoblanadi. Film bosh qahramonlari Demet Evgar, Hazar Ergüçlü hamda Dilan Çiçek Deniz.

Syujeti Serial voqealari hayriya kechasida sodir boʻlgan tasodifiy yongʻin sababli hayotlari oʻzgarib ketgan uch ayol: Cemre, Çiçek va Rüya haqidagi hikoyalar bilan boshlanadi. Asosiy rolda Cemre boʻlib, u sobiq shahar hokimi Çelebi Kayabeyli bilan turmushi koʻngildagidek emasligidan azoblanib yuradi. Adolatsizliklar, zoʻravonliklar sabab stressga tushadi, eri ruhiy kasal ekanligini bilgach esa oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻladi. Uning ishi yuzasidan advokatlar unga bir nafar farzandini mamlakatdan olib chiqib ketish va onasidan ajratish bilan tahdid qiladi.

Rollarda

• Demet Evgar – Cemre Akınsel rolida

• Hazar Ergüçlü – Çiçek Görgülü rolida

• Dilan Çiçek Deniz – Rüya Yıldırımlar Atayci rolida

• Zuhal Olcay Tomris – Üstünoğlu rolida

• Berkay Ateş – Ozan Akınsel rolida

• Cihangir Ceyhan— Ömer Ataycı rolida

• Cem Bender – Çelebi Kayabeyli rolida

• Berker Güven – İskender Kayabeyli rolida

• Yiğit Sertdemir – Korkut Toprakoğlu rolida

• Meltem Keskin – Seher Akınsel rolida

• Sekvan Serinkaya – Adnan rolida

• Kayra Orta – Güneş rolida

• Kaan Şener – Atlas rolida

• Fatih Çetinbaş – Taner Güvenbağ rolida

• Veda Yurtsever – Hanım rolida

• Bülent Düzgünoğlu – Hikmet rolida

• Gökşen Ateş – Arzu rolida

• Bedia Ener – İsmet rolida

• Sahra Şaş – Zeyno rolida

• Bora Cengiz – Serkan rolida Manbalar

Turkum: Show TV dramalari turkum: Turk seriallari Turkum: 2020-yilgi Turk seriallari Turkum: Turk dramalari