Ross Turnbull (1985-yil 4-yanvar) – angliyalik sobiq professional futbolchi. Darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. 2002-2015-yillar oraligʻida Middlesbrough, Chelsea, Crew Alexandra va Doncaster Rovers kabi jamoalarda faoliyat olib borgan.

Hayoti Turnbull avval Byerley Park boshlangʻich maktabi soʻngra Woodham Community Technology Collegeda oʻqigan. U oʻzi tugʻulgan shahrining jamoasi Newton Aycliffe Youth Centre AFC tarkibida yarim himoyachi sifatidaoʻynagan, keyinchalik murabbiyi Artur Vickerstaff uni darvozabon pozitsiyasida oʻynatishni boshlagan. Unda North-East Darlington va Sunderland jamoalariga qoʻshilish imkoni boʻlgn, ammo Turnbullning oʻzi Middlesbrough akademiyasiga borib qoʻshiladi.

Karyerasi

Middlesbrough Turnbull yoshlar klubida faoliyat olib borganidan soʻng 2002-yilda Middlesbrough bilan professional shartnoma imzoladi. 20030-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Angliya U-20 tarkibiga jalb qilindi. left|thumb|418x418px|Turnbull 2008-yil Middlesbrough tarkibida 2007-yil iyul oyida Turnbull EFL Championship klubi boʻlgan Cardiff City bilan bir mavsumlik ijara shartnoma tuzadi. U uzoq vaqt davomida Cardiff posboni boʻlgan Neil Aleksandr ketishi munosabati bilan unga oʻrinbosar sifatida olib kelindi. Biroq dastlabki oʻyinlaridagi xatolari tufayli u Preston North End jamoasi bilan kechgan 2-2 hisobidagi oʻyinda zaxiraga olinadi va asosiy tarkibdagi oʻrinin yoʻqotadi. Soʻngra Middlesbrough ikkinchi raqamli darvozaboni Brad Jones jarohat olganidan keyin 2007-yil 5-oktabr kuni oʻz klubiga qaytadi. U jarohatdagi asosiy darvozabon safga qaytgunga qadar ikki oʻyin oʻtkazdi. Ulardan biri 2007-yil 9-dekabrda Arsenal ustida qozonligan gʻalabaga toʻgʻri keldi.

11 yildan ortiq Middlesbrough tarkibida boʻlgan Mark Schwarzer 2008-yil yozida klubni tark etib Fulhamga borib qoʻshiladi. Middlesbrough murabbiyi Gareth Southgate yangi darvozabonni sotib olmasdan Turnbull va Jonesga asosiy darvozabon boʻlish uchun kurashish imkonini beradi. Jones mavsumning birinchi oʻyinini asosiy tarkibda oʻtkazgan boʻlsa-da, mashgʻulotlarda jarohat olganidan soʻng Turnbull keyingi haftadagi Liverpoolga qarshi maydonga tushadi. 2009-yil iyun oyida Turnbull Middlesbrough bilan shartnomasi yakunlangandan soʻng klubni tark etishini eʼlon qiladi.

Chelsea Turnbull 2009-yil 2-iyul kuni Chelseaga erkin agent sifatida kelib qoʻshiladi va klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi. Turnbull asosiy tarkib darvozaboni boʻlish uchun Petr Čech bilan raqobatlashishiga tayyor ekanligini eʼlon qiladi. Turnbull debyut oʻyinidagi ketma-ket xatolaridan keyin jamoasi 4-0 hisobi bilan Aston Villaga magʻlub boʻladi va oqibatda Turnbull toʻlaqonli zaxira darvozaboniga aylanadi. right|thumb|236x236px|Turnbull 2010-yil Chelsea mashgʻulotlarida U asosiy jamoadagi debyutini Bolton Wanderersga qarshi Liga Kubogi doirasida 23 daqiqada jarohatlangan Hilário oʻringa tushgan holda oʻtkazadi, oʻyin Chelsea foydasiga 4-0 hisobida yakunlanadi. U UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini esa APOEL qarshi 2-2 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻtkazadi. U Premyer Ligadagi dastlabki oʻyinin esa ikkkala darvozabon Hilário va Petr Čech ham jarohatlangandan soʻng West Ham Unitedga qarshi oʻtkazgan.

U 2010-yilgi Angliya kubogi finalida Portsmouthga qarshi oʻyinda qaydnomaga kiritilmaydi, shunga qaramasdan unga ham medallar topshiriladi. Oʻsha mavsum Premyer ligada yetarlicha oʻynamaganligi sababli chempionlik medali berilmaydi.

2011-2012-yilgi Premyer liga mavsumida faqatgina oxirga ikki oʻyinda u maydonga tushadi. Chempionlar ligasida ham maydonga tushmagan boʻlishiga qaramasdan oltin medallar unga ham taqdim etiladi.

Toʻrt mavsum davomida Londonliklar safida toʻp surgan Turnbull 2013-yil 30-iyunda shartnoma yakunlangandan soʻng klubni tark etadi.

Doncaster Rovers 2013-yil 31-iyul kuni Ross Chempionshipga yangi chiqqan jamoa Doncaster Rovers bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi debyutini mavsuming dastlabki turida oʻtkazdi va uchta gol oʻtkazib yubordi. Ushbu oʻyinda jamoasi Blakpoolga 3-1 hisobida magʻlub boʻldi. 2015-yilning fevral oyi boshida Turnbullning boʻgʻinlaridan olgan jarohati tufayli uch-toʻrt haftaga safdan chiqqani maʼlum boʻladi.

Leeds United Turnbull 2015-yilning 15-iyul kuni Leeds United bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Turnbull Mark Silvestri bilan 1-raqam uchun raqobat qilishini aytadi . 2015-yil 31-iyul kuni Turnbullga 2015-2016-yilgi mavsum uchun 22-raqam berildi.

Turnbull 2015-yilning 12-avgustida Leedsdagi debyutini oʻzining sobiq klubi Doncaster Roversga qarshi League kubogida oʻtkazadi. 1-1 hisobida yakunlangan oʻyinda Doncaster penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib keyingi bosqichga yoʻllanma olgan.

2017-yil 17-may kuni Turnbull Leeds bilan shartnomasini uzaytirmaganligi eʼlon qilindi.

Murabbiylik faoliyati Faoliyatini yakunlagandan soʻng Turnbull Leedsga raqib darvozabonlari oʻyinlarini tahlil qiluvchi mutaxasis sifatida qoʻshiladi. U bir yildan soʻng 2017-yilda Chelsea klubida ham huddi shu vazifani bajara boshlaydi.

2018-yil mart oyida xohishiy ravishda Turnbull Hartlepool United klubi murabbiylar shtabiga darvozabonlar murabbiyi sifatida qoʻshiladi. 2018-yil may oyida Matyu Bates murabbiy etib tayinlanishi bilan u ham toʻlaqonli bu vazifani egalagan. 2020-2021-yilgi mavsum yakunida Turnbull sobiq Chelsea jamoasi uchun skaut vazifasini bajarishni boshlaydi.

Shaxsiy hayoti Uning ikki farzandi boʻlib 2008-yilda tugʻilgan Maisy ismli qizi va Josh ismli oʻgʻli bor.

Statistikasi +Klublar safidagi statistikasiKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarMaqsadlarOʻyinlarGollarDarlington (ijara)2003–04Third Division1010Barnsley (iajra)2003–04Second Division3030Bradford City (ijara)2004–05League One2020Barnsley (ijara)2004–05League One230240Crewe Alexandra (qimmat)2005–06Championship290290Middlesbrough2005–06Premyer Liga20202006–0700102007–0830302008–09220230Umumiy270290Cardiff city (qarz)2007–08Championship6080Chelsea2009–10Premyer Liga20502010–1100202011–1220502012–133070Umumiy70190Doncaster Rovers2013–14Championship280310Barnsley2014–15League One220270Leeds United2015–16Championship0000Umumiy14801740

Sovrinlar Chelsea

Angliya kubogi: 2009-10, 2011-2012 UEFA Chempionlar Ligasi: 2011–2012 UEFA Yevropa ligasi: 2012-2013

Individual

Middlesbrough yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2007-2008

Manbalar

Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar