UEFA Chempionlar Ligasi 2024 finali – UEFA tomonidan tashkil etilgan Yevropaning premer-klub futbol turnirining 2023–24-yilgi UEFA Chempionlar Ligasining 69-mavsumi va Yevropa chempion klublari kubogidan UEFA Chempionlar Ligasiga oʻzgartirilganidan beri 32-mavsumning final oʻyinidir. Ushbu final oʻyini 2024-yil 1-iyun kuni Angliyaning London shahrida joylashgan Wembley Stadium stadionida Germaniyaning Borussia Dortmund klubi va Ispaniyaning Real Madrid klubi oʻrtasida boʻlib oʻtdi. 2020-yilgi final oʻyinining qoldirilishi va boshqa joyga koʻchirilishi munosabati bilan yakuniy mezbonlar bir yil orqaga surildi, oʻrniga London 2024-yilgi finalga mezbonlik qildi.
Real Madrid bu oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, 15-chempionlikni qoʻlga. Gʻolib sifatida Real Madrid klubi 2023–24 UEFA Yevropa ligasi gʻolibi Atalantaga qarshi UEFA Superkubogi 2024da oʻynash va FIFA Qitʼalararo Kubogining ilk turnirida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar.
Oʻtkazilish joyi Oʻyin UEFA Chempionlar Ligasining qayta qurilgan Wembley Stadium stadionida boʻlib oʻtgan uchinchi finali boʻldi, avvalroq 2011 va 2013 yillarda boʻlib oʻtgan. Umuman olganda, bu Londonda boʻlib oʻtgan sakkizinchi final boʻlib, qolgan beshta oʻyin 1963, 1968, 1971, 1978 va 1992—yillarda asl Wembley stadionida boʻlgan. Finalgacha bosib oʻtilgan yoʻl Koʻproq maʼlumotga ega boʻlishni istasangiz, bu maqolaga qarang: → UEFA Chempionlar Ligasi 2023/2024 Eslatma: (H: uyda; A: safarda). Borussia DortmundRound Real MadridRaqibNatijaGuruh bosqichiRaqibNatija Paris Saint-Germain0–2 (A)1-tur Union Berlin1–0 (H) Milan0–0 (H)2-tur Napoli3–2 (A) Newcastle United1–0 (A)3-tur Braga2–1 (A) Newcastle United2–0 (H)4-tur Braga3–0 (H) Milan3–1 (A)5-tur Napoli4–2 (H) Paris Saint-Germain1–1 (H)6-tur Union Berlin3–2 (A)F guruhi gʻolibiOxirgi holatC guruhi gʻolibiRaqibUmumiy1-uch.2-uch.Pley-off bosqichiRaqibUmumiy1-uch.2-uch. PSV Eindhoven3–11–1 (A)2–0 (H)Nimchorak final RB Leipzig2–11–0 (A)1–1 (H) Atlético Madrid5–41–2 (A)4–2 (H)Chorak final Manchester City4–4 3–3 (H)1–1 (A) Paris Saint-Germain2–01–0 (H)1–0 (A)Yarim final Bayern Munich4–32–2 (A)2–1 (H) Manbalar
Havolalar
2024