Vilgelmsxafen (Germaniya imperatori Vilgelm I nomi va nem. xafen — gavan, port soʻzidan) — GFR dagi shahar, Quyi Saksoniya yerida. Aholisi qariyb 91 ming kishi. Shim. dengiz sohilidagi, Ems-Yade kanalining quyilish joyidagi port (yuk ortish va tushirish yiliga 20 mln. t chamasida). Mamlakatning chetdan neft qabul qilib oladigan muhim bandargohi (Vesseling sh.ga 360 km ga neft quvuri tortilgan). Mashinasozlik (jumladan hisoblash mashinalari, kemasozlik), rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, tikuvchilik, toʻqimachilik, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Baliqovlash markazi. Shaharga 1853-yilda harbiy dengiz bazasi sifatida asos solingan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Wilhelmshaven Germaniyaning Quyi Saksoniya yerida joylashgan shahar. Maydoni — 106,91 km2. 81324 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).

Geografiyasi Hududi Wilhelmshavenning hududi kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Germaniya shaharlari