Ian Ethan Maatsen (2002-yil 10-mart) – Gollandiyalik professional futbolchi, chap qanot himoyachisi. Angliya Premyer ligasining Chelsea jamoasi futbolchisi.

Karyerasi

Dastlabki yillar Maatsen yetti yoshligida Feyenoord akademiyasiga borib qoʻshiladi, ammo juda kichikligi sababli u yerni tark etishiga toʻgʻri kelgan. Keyinchalik u dastlab Sparta Rotterdam, soʻngra PSV Eindhovenga oʻtadi. 2018-yilda Chelsea safiga qoʻshilgan.

Chelsea 2019-yil 25-sentyabrda u Liga kubogi doirasida Grimsby Townga qarshi kechgan oʻyinda London klubi safidagi debyutini oʻtkazgan.

Charlton Athletic (ijara) 2020-yil 13-oktyabr kuni Maatsen Charlton Athletic klubi uchun bir mavsumlik ijaraga beriladi. 20-oktyabr kuni u Charlton tarkibidagi debyutini oʻtkazgan. Ilk golini esa 2021-yilning 2-aprelida Doncaster Roversga qarshi kechgan oʻynda kiritgan.

Coventry city (ijara) 2021-yil 30-iyul kuni Maatsen Coventry City bilan ijara shartnomasi imzoladi. 2-oktabr kuni Fulhamga qarshi oʻyinda Coventry tarkibidagi birinchi golini kiritadi va ushbu oʻyinda jamoasi 4-1 hisobda gʻalaba qozongan. Mavsum davomida futbolchi jami 40 ta oʻyin oʻtkazgan va jami 3 ta gol muallifiga aylangan.

Burenley (ijara) 2022-yil 15-iyul kuni Maatsen Chempionship klubi Burnleyga bir mavsum ijaraga berilgan. Ushbu mavsumdagi debyutini esa Huddersfield Town jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazadi va oʻyindagi yagona gol muallifiga aylanadi. Maatsen oʻzining yorqin oʻyinlaridan soʻng 2023-yil yanvar oyida Chempionshipning eng yaxshi oʻyinchisi deb topiladi . Mavsum yakunida esa Chempionship mavsumning ramziy jamoasiga kirtiladi.

Borussia Dortmund (ijara) 2024-yil 12-yanvarda Maatsen Chelsea bilan 2026-yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi va masum yakunigacha Bundesliga klubiga ijaraga beriladi. 16-aprel kuni esa Chempionlar ligasidaAtletiko Madridga qarshi kechgan oʻyinda turnirdagi debyut golini kiritadi va jamoasi keyingi bosqicha chiqishiga katta yordam beradi. Borrusia finalgacha yetib boradi va Wembleyda kechgan uchrashuvda magʻlubiyatga uchraydi. Shunga qaramasdan Maatsen yilning ramziy jamoasidan joy oladi.

Terma jamoadagi faoliyati 2023-yil sentyabr oyida UEFA Yevro 2024 saralashi doirasidagi Gretsiya va Irlandiyaga qarshi bahlarda asosiy jamoadagi ilk chaqiruvini oladi.

2024-yil may oyida Maatsen UEFA Yevro 2024 uchun dastlabki 30talik tarkibga kirtiladi, ammo keyinchalik yakuniy tarkibdan tushurib qoldirilgan. Biroq u 11-iyunda jarohat olgan Frenkie de Jong oʻrniga yana terma jamoa tarkibiga qaytariladi.

Shaxsiy hayoti Janubiy Gollandiyaning Vlaardingen shahrida tugʻilgan Maatsenning asl kelib chiqishi Surinamdan.

Statistikasi

Klub

+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarChelsea2019–20Premyer Liga00102023–24Premyer Liga120150Umumiy120160Charlton Athletic (ijara)2020–21EFL League One341351Coventry City (ijara)2021–22Chempionship403423Burnley (ijara)2022–23Chempionship394424Borussia Dortmund (ijara)2023–24Bundesliga162233Umumiy1411016311

Sovrinlar Burnley

Chempionship: 2022-23Hurcom, Sophie (25 April 2023).

Borussia Dortmund

UEFA chempionlar ligasi finalchisi: 2023-24„Borussia Dortmund player ratings vs Real Madrid: Karim Adeyemi’s missed chances cost BVB in Champions League final before Ian Maatsen error dooms German side to defeat“.

Gollandiya U-17

UEFA 17 yoshdan kichiklar oʻrtasida Yevropa chempionatlari: 2019

Shaxsiy

Chempionship oy futbolchisi: 2023-yil yanvar „Sky Bet EFL January Manager and Player of the Month winners“. Chempionship mavsum ramziy jamoasi: 2022-23„Four Burnley aces star in official Sky Bet Championship Team of the Season alongside Sheffield United, Middlesbrough, Coventry City and Bristol City inductees“. PFA yil jamoasi: 2022-23 (Chempionship) Bundesliga Rookie of the month: 2024-yil yanvar UEFA chempionlar ligasi mavsum jamoasi: 2023-24Mayo, Marc (3 June 2024).

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Feyenoord futbolchilari Turkum:Sparta Rotterdam futbolchilari Turkum:PSV Eindhoven futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Charlton Athletic F.C. futbolchilari Turkum:Coventry City F.C. futbolchilari Turkum:Burnley F.C. futbolchilari Turkum:Borussia Dortmund futbolchilari Turkum:Aston Villa F.C. futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar