Ivan Sokolov ( ; 1968-yil 13-iyun, Sarayevo, Yugoslaviya, hozirgi Bosniya va Gersegovina) – golland shaxmatchisi, grossmeyster (1987).
1999-yil 26-yanvardan beri jahon chempioni Mixail Chigorinning klubi aʼzosi.
Yugoslaviya chempioni (1988), 1988-1990-yillardagi shaxmat olimpiadalarida Yugoslaviya terma jamoasi safida oʻynagan, keyin Bosniya va Gertsegovinasharafini himoya qiladi. 1994-yildan Gollandiyada istiqomat qiladi, 2002-yildan esa qisqa tanaffus bilan ushbu mamlakat sharafini himoya qiladi. Flevolend provinsiyasidagi Lelystad shahrida yashaydi.
Murabbiylik karyerasi Uning murabbiyligida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 2022-yili Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Sokolov „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport murabbiyi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan .
Manbalar
Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Sarayevoda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:13-iyunda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar