Vyacheslav Lvovich Xvan (; 1947-yil 10-aprel) – sovet futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatidan soʻng futbol murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirgan.

Futbolchilik faoliyati Vyacheslav Olmaota FSMda oʻynashni boshladi, 1964-yilda maktab oʻquvchilari Spartakiadasida qatnashdi. 1966-yildan beri Djambulning „B“ toifasidagi „Metalist“ jamoasi tarkibida keyingi yili „Vosxod“ deb oʻzgartirilgan klubda 26 ta oʻyin oʻtkazdi. Koreys diasporasi vakili sifatida 1968-yilda „Politodel“ jamoasida murabbiy Chen Ir Son qoʻl ostida oʻynadi. 1969-yilni "Qayrat" jamoasida oʻtkazgan va 1970-yilda Semipalatinsk „Tsementnik“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. Keyin u „Spartak“ deb oʻzgartirilgan ushbu jamoada ikkinchi ligada oʻynadi, sardorlik qildi va „Alatau“ / „Ximik“ Jjambul (1974—1982) jamoasida faoliyatini ytakunlagan.

Murabbiylik faoliyati Jambul / Taraz jamoasida murabbiy (1979—1981, 1983—1984, 1997—1998, 2001, 2004—2005, 2006—2007), jamoa rahbari (1984—1989) boshligʻi (murabbiy) boʻlib ishlagan. „Jetysu“ jamoasida Taldi-Qoʻrgʻon murabbiy (2002, 2008), bosh murabbiy (2008) boʻlib ishlagan.

Shaxsiy hayot Uning otasi Qozogʻiston SSR moliya vaziri boʻlgan.

Manbalar

Turkum:1947-yilda tugʻilganlar Turkum:10-aprelda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:FC Yelimay futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik futbol murabbiylari Turkum:SSSR futbol murabbiylari