Bharath kofe uyi – Kerala shtatining Kochi shahrida joylashgan hind restorani. Broadwayda joylashgan restoran 1956-yilda B. Govinda Rao tomonidan tashkil etilgan. Bu Kochidagi eng qadimgi restoranlardan biri boʻlib, u hali ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Tarixi Bharath kofe uyiga B. Govinda Rao tomonidan asos solingan. Aktrisa Kamini Kaushal uni 1956-yil 26-yanvarda rasman ochib bergan. Rao Hindiston yongʻogʻini keng tarqatishda jonbozlik koʻrsatgan va muassasaning iqtisodiy hamkori boʻlgan. 1919-yilda bunyod etilgan muassasa binosi vaqt oʻtishi bilan bir emas, bir necha kishilarga tegishli boʻla boshlagan. Oxir-oqibat uni ishga tushirgan B. Govinda Rao tomonidan toʻliq sotib olingan. Tez orada, ayniqsa, yoshlar, ishbilarmonlar va musiqachilar orasida bu joy mashhur boʻlib ketgan. Shuningdek, u qahva ichish va suhbatlashib oʻtirish uchun qulay uchrashuv joyiga aylangan.

Yana qarang

Kayees Rahmathulla mehmonxonasi

Manbalar

Turkum:Hindiston restoralari Turkum:1956-yilda tashkil etilgan restoranlar