Wedding Anniversary – hind tilidagi romantik drama boʻlib, Shekhar S Janing rejissyorligi, Kumar V Mahant, Achut Naik va Bharat Shahlarning prodyuserligi ostida suratga olingan. Filmda bosh rollarni Nana Patekar va Mahie Gill ijro etgan. 2017-yil 24-fevralda film premyerasi boʻlib oʻtgan.
Syujeti Kahani (Mahi Gill) va uning turmush oʻrtogʻi Nirbxay (Priyanshu Chatterji) oʻzlarining nikoh yilligini Goada nishonlashni rejalashtirishgan edi. Ammo soʻnggi daqiqalardagi kutilmagan voqea tufayli Nirbxay bora olmay qoladi va Kahani yolgʻiz sayohat qilishiga toʻgʻri keladi. U Goada erini kutib oʻtirar ekan, sevimli yozuvchisi Nagarjun (Nana Patekar) tomonidan yozilgan kitobni oʻqish uchun qoʻlga oladi va oradan biroz vaqt oʻtgach eshik qoʻngʻirogʻi jiringlaydi. Eshik qoʻngʻirogʻini bosgan odam esa Nagarjunning oʻzi boʻlib chiqadi. Filmning asosiy voqealari ularning ikkalasi oʻrtasidagi suhbat, Nagarjunning sevgisi va uning asl maʼnosi hamda hayotdagi ahamiyati haqida boʻlib oʻtadi.
Rollarda
Nana Patekar – Nagarjun rolida Mahi Gill – Kahani rolida Priyanshu Chatterjee – Nirbhay rolida Sanket Choukse Shruti Marathe Priya Tandon Asma Badar Kanika Dang Sneha Gupta Bhumika Gurung Yatin Karyekar Asad Khan Krishanu Abhishek Ray Rahul Prakash Shanti Bhushan Roy Neha Sharma Shruti Sharma Bhupesh Singh Yajuvendra Singh Tamara Tejan Yadav
Suratga olinishi Filmning barcha suratga olish jarayonlari 2015-yilning may va iyun oylarida Goada amalga oshirildi.
Saundtreki
Film uchun yaratilgan soundtreklarning musiqalari Abhishek Rey tomonidan yozilgan. Soʻzlari esa Abhiruchi va Manvendralarga tegishli boʻlgan. Musiqa huquqlarini Zee Music Company sotib olagan.
Tanqidiy qabul The Times of India gazetasi muxbiri Mihir Bhanage filmni zerikarli deb hisobladi va unga 5 balldan 2 ball qoʻydi. U filmga shunday izoh berdi: „Agar hayotingizda sevgi bilan bogʻliq muammolar boʻlsa, nikoh sizga eng yaxshi yechim boʻladi. Filmdagi nikoh yubileyi esa filmda oʻta zerikarli muhit yaratgan“. Scroll muxbiri Nandini Ramnath esa quyidagicha fikr bildirdi: „Wedding Anniversary filmi ajralish haqidagi qaror kabi zerikarli chiqqan“. Glamsham muxbiri Vishal Verma filmga 5 balldan 1 ball berdi va shunday fikr bildirdi: „Wedding Anniversary – bu shunchaki dahshatli film boʻlib, Nana Patekar va Mahie Gill kabi isteʼdodlar bu filmda nima qilishayotgani meni hayratga soldi“.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Hind tilidagi filmlar Turkum:2017-yil filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar