„I Got Love“ – rossiyalik reper Rem Digga hamda MiyaGi & Andy Panda dueti tomonidan kuylangan qoʻshiq boʻlib, 2016-yil 9-sentyabrda Hajime Records tomonidan chiqarildi. Qoʻshiq uchun ishlangan videoklip 900 milliondan ortiq koʻrishlar soni bilan Rossiyaning YouTubedagi eng mashhur musiqiy videosiga aylandi.

Videoklipi Qoʻshiq uchun ishlangan klip 2017-yil 2-iyun kuni taqdim etildi. Videoning byudjeti 800 ming rublni tashkil etdi. Duet dastlab qoʻshiq uchun videoklip suratga olishni rejalashtirmagan edi. Ularni qozogʻistonlik klip rejissyori Aysulton Seitov videoklip suratga olishga koʻndirdi.

2019-yilda musiqiy video YouTubeda 300 million martadan koʻproq tomosha qilinib, Rossiya rekordini oʻrnatdi. 2020-yilda Rossiyaning Little Big guruhi tomonidan ijro etilgan „Skibidi“ qoʻshigʻi „I Got Love“ qoʻshigʻidan Rossiyaning YouTubedagi eng mashhur videosi nomini olib qoʻydi, ammo 2021-yilda „I Got Love“ yana yetakchilikni qaytarib oldi.

Manbalar

Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:2016-yil qoʻshiqlari Turkum:MiyaGi & Andy Panda qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar