Davy medali – London Qirollik Jamiyati tomonidan kimyoning istalgan sohasidagi muhim izlanishlar uchun topshiriladigan sovrin. Humphry Davy sharafiga nomlangan sovringa qoʻshimcha sifatida, dastlab £1000 (hozirda £2000) qiymatida pul koʻrinishida sovrin topshiriladi. Qirollik Jamiyati izlanishlariga koʻra, 2022-yil holatida 22 nafar kimyo yoʻnalishidagi Nobel mukofoti laureatlari Davy medaliga ega boʻlishgan.

Sovrin tarixi Birinchi marta medal 1877 yilda spektral analiz boʻyicha izlanishlari uchun Robert Wilhelm Bunsen va Gustav Robert Kirchhoffga topshirilgan va shu kungacha 140 nafar olimlar bu sovrin bilan mukofatlangan. Sovrin Qirollik Jamiyatining boshqa (masalan Hughes) sovrinlardan farqli oʻlaroq har yili uzilishlarsiz topshiriladi.

Baʼzi yillarda bir yilning oʻzida bir necha olim ushbu medal bilan taqdirlangan. Masalan: 1882-yilda Dmitriy Mendeleyev va Julius Lothar Meyer elementlarning atom massasi va davriy xossalarini kashf etganlari uchun; 1883-yilda Marcelin Barthelot va Julius Thomsen termo-kimyo yoʻnalishidagi izlanishlari uchun; 1893-yilda Jacobus Henricus vanʼt Hoff va Joseph Achille Le Bel assimmetrik uglerod nazariyasi va uning optik aktiv uglerod biirikmalari konstitutsiyasini tushuntirishdagi vazifasini kashf etganlari uchun; 1903-yilda Pierre Curie va Marie Curie radiy elementi ustidagi izlanishlari uchun va 1968-yilda John Cornforth va George Joseph Popják hamkorlikda poliizeprenoidlar va steroidlarda kechadigan biosintez jarayonini tushuntirganliklari uchun Davy medali bilan taqdirlanishgan.

Sovrin laureatlari XX asr Davy medali sovrindorlari roʻyhatiYilIsmTaqdirlash sababiManba1877 Robert Wilhelm Bunsen va Gustav Robert Kirchhoff Spektral analizdagi izlanishlari va kashfiyotlari uchun Lagowski, J. J.1878 Louis Paul Cailletet va Raoul Pictet Doimiy gazlar kondensatsiyasi ustidagi izlanishlari uchun (bir-biridan alohida lekin bir vaqtda)1879 Paul-Émile Lecoq de Boisbaudran Galliyni kashf etgani uchun1880 Charles Friedel Kremniyning organik birikmalari ustidagi va boshqa izlanishlari uchun1881 Adolf von Baeyer Indigo sintezi uchun1882 Dmitriy Mendeleyev va Lothar Meyer atom ogʻirliklari oʻrtasidagi davriy nisbatlarni ochishgani uchun1883 Marcellin Berthelot va Julius Thomsen Termokimyo sohasidagi izlanishlari uchun1884 Adolph Wilhelm Hermann Kolbe Spirtlarning izomeriyasi ustida olib borgan izlanishlari uchun1885 Jean Servais Stas Aniq atom massalarni hisoblagani uchun1886 Jean Charles Galissard de Marignac Atom massalari ustida olib borgan izlanishlari uchun1887 John Alexander Reina Newlands Kimyoviy elementlarning davriy qonunini ishlab chiqqani uchun1888 Sir William Crookes Vakuumda elektr razryadi taʼsiri ostidagi kimyoviy moddalarning tabiati ustidagi izlanishlari uchun1889 Sir William Henry Perkin Kimyoviy birikmalar1890 Emil Fischer Organik kimyodagi kashfiyotlari va karbogidratlarni oʻrgangani uchun1891 Victor Meyer Yuqori haroratda bugʻning zichligini aniqlash ustidagi izlanishlari uchun1892 Francois Marie Raoult Eritmalarni muzlatish va eritmalarning bugʻlarining bosimi ustidagi izlanishlari uchun1893 Jacobus Henricus van 't Hoff va Joseph Le Bel Assimmetrik uglerod nazariyasi va uning optik aktiv uglerod biirikmalari konstitutsiyasini tushuntirishdagi vazifasini kashf etganlari uchun1894 Per Theodor Cleve Kamyob yer metallarining ustidagi izlanishlari uchun1895 Sir William Ramsay Argon kashf etilishidagi qoʻshgan hissasi va yer minerallarining gazsimon qismlariga taaluuqli kashfiyotlari uchun1896 Henri Moissan Ftorni ajratib olganligi va qiyin eruvchan metallar va ularning birikmalarini olishda elektr pechini ishlatishni yoʻlga qoʻyganligi uchu1897 John Hall Gladstone Kimyo faniga qoʻshgan katta hissasi va kimyoda optik usuldan foydalanish sohasidagi muhim ishlari uchun1898 Johannes Wislicenus Organik kimyoga, ayniqsa stereokimyoviy izomeriyaga qoʻshgan hissasi uchun1899 Edward Schunck Maren, indigo va xlorofillning ustida olib borgan izlanishlari uchun1900 Guglielmo Koerner Aromatik birikmalar nazariyasidagi muhim ishlari uchun

Manbalar

Turkum:Medallar Turkum:Mukofotlar Turkum:Kimyo Turkum:Kimyoga oid chala maqolalar