Santiago Ignacio Bueno Sciutto (1998-yil 9-noyabrda tugʻilgan) – urugvaylik professional futbolchi. Wolverhampton klubi va Urugvay terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Markaziy himoyachi sifatida oʻyinlarda ishtirok etadi.
Klublardagi faoliyati
Peñarol Santiago Bueno Montevideoda tugʻilgan. 2009-yilda „Penyarol“ klubi safiga qoʻshilgan. 2016-yilning 5-yanvarida klubning asosiy tarkibiga kirishga muvaffaq boʻlgan.
Bueno 2016-yilning 23-yanvarida asosiy jamoadagi norasmiy debyutini amalga oshirgan. Copa Antel nomli turnir doirasida oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida Libertad kklubiga qarshi bahsning 2-taymida maydonga tushurilgan. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan.
Barcelona 2017-yilning 31-yanvarida "Barcelona" klubi Peñarol bilan Buenoni transfer qilish boʻyicha kelishuvga erishgan. Santiago Kataloniyaliklar bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. „Barcelona“ u bilan shartnoma imzolashdan oldin oldin bir yil davomida oʻyinlarini kuzatib borgan.
Peralada (Ijara) 2018-yilning 24-yanvarida Bueno mavsum oxirigacha Segunda B Divizioni ishtirokchisi boʻlgan Peralada-Girona B jamoasiga ijaraga berilgan. 2018-yil 31-avgustda Barcelona safiqa qaytgan va keyingi mavsumda yana Peraldaga ijara asosida berilgan.
Girona 2019-yilning 19-avgustida Bueno erkin agent sifatida ikkinchi diviziondagi "Girona" klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Girona safida 19-dekabrda debyut qilgan. Debyut oʻyinida jamoasi Copa del Rey doirasida „Linares Deportivo“ga qarshi safarda bahs olib borgan va 2:1 hisobida gʻalaba qozongan.
Bueno Ispaniya chempionatidagi debyutini 2022-yilning 14-avgustida, safarda "Valensiya"ga qarshi bahsda amalga oshirgan. Bu bahsda Girona klubi 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan. 23-yanvarda klub bilan shartnomasini 2026-yilgacha uzaytirgan.
Wolverhampton 2023-yil 30-avgustda Bueno Angliyaning "Wolverhampton" klubi safiga qoʻshilish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtgan. Bir kun oʻtib, u rasman klubga qoʻshilgan va 8,5 million funt sterling evaziga besh yillik shartnoma imzolagan.
2023-yil 26-sentyabrda Ipswich Town klubiga qarshi oʻyinida klub safida debyut qilgan.
2023-yilning 27-noyabrida „Fulham“ga qarshi bahsda (3:2) Premyer-ligadagi debyutini amalga oshirgan. Ushbu bahsda darvozalar tomon uchta penalti belgilangan.
Terma jamoadagi faoliyati right|thumb|253x253px| Bueno 201- yilda Bueno Urugvayning 17 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarida harakat qilgan.
2022-yil 21-oktabrda Bueno Urugvayning 2022-yilgi jahon chempionati uchun 55 kishilik kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan, ammo yakuniy roʻyxatdan oʻrin olmagan. 2023-yil 24-mart kuni Tokioda Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1:1) Urugvay terma jamoasidagi debyutini amalga oshirgan.
Shaxsiy hayoti Bueno professional futbolchi Gaston Buenoning ukasi. Amakivachchasi Gonsalo Bueno esa Urugvay yoshlar terma jamoasining sobiq aʼzosi. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Urugvaylik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Urugvaylik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Urugvay milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari