Fotima (milodiy 605/606–632) – islom paygʻambari Muhammadning qizi va uning amakivachchasi Roshidun xalifaligining toʻrtinchi xalifasi va shialikning birinchi imomi Alining rafiqasi. Fotima shialik mazhabida Iso Masihning onasi Maryamga qiyos qilinadi. Manbalarda Muhammad uni ayollarning eng yaxshisi va oʻzi uchun eng aziz inson deb bilganligi aytilgan. Fotimaga musulmon ayollarga oʻrnak tariqasida rahm-shafqat, saxiylik va azob-uqubatlarga sabrli va chidamli boʻlish namunasi sifatida qaraladi. Muhammadning nasl-nasabi Fotima orqali saqlanib qolgan. Musulmon qizlari uchun Fotima ismi va epitetlari eng koʻp tanlanadigan ism hisoblanadi.
Ismlar va unvonlar Fotimaning eng keng tarqalgan epiteti az-Zahra () boʻlib, bu uning taqvodorligi va muntazam ravishda namozni kanda qilmay oʻqiganligini koʻrsatadi. Shia olimi Ibn Bobovahiyning (vafoti: 991) yozishicha, Fotima namoz oʻqiganda xuddi yulduzlar nuri yer ahli uchun porlaganidek, uning nuri jannat ahli uchun porlagan. Fotima shialik mazhabida al-Siddiqa (), at-Tohira (), al-Muboraka () va al-Mansura () kabi nomlar bilan atalgan. Bir qancha muhaddislar farishtalarning Fotima bilan bir necha marotaba gaplashganliklari haqidagi rivoyatlarga asoslanib, uni Isoning onasi Maryamga qiyoslashadi.
Shia va sunniy hadislar toʻplamlarida, jumladan, „Sahihi Buxoriy“ va „Sahihi Muslim“da Fotima Sayyidat Nisaʼ al-Janna () va Sayyidat Nisaʼ al-Alamina () nomlari bilan atalgan.
Fotima Fotima ismi shialarning Fotima, uning avlodlari va uning tarafdorlari () doʻzax oʻtidan omon qolganiga ishonishini bildiradi. Shu bilan bir qatorda, shia manbalarida Fotima soʻzi ilohiy yaratuvchi kuchning yerdagi ramzi sifatida Fotir (, Xudoning ismi) nomi bilan bogʻlangan.
Kunyalari Fotimaga Ummu Abiha () kunyasining berilgani uning otasiga juda gʻamxoʻr boʻlganini koʻrsatadi. Umm al-Aima () kunyasi oʻn ikki imomda berilgan boʻlib, imomlardan oʻn bir nafari Fotimaning avlodi hisoblanadi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Fatima Zahra Turkum:Fotima