2024-yil aprel oyida kuzatilgan kuchli yomgʻirlar Fors koʻrfazi davlatlariga qattiq taʼsir koʻrsatdi va butun mintaqada suv toshqinlari yuz berdi. Baʼzi hududlarda bir yillik yomgʻir miqdori bir kunda yogʻdi. Toʻlqinlar butun mintaqa boʻylab sezilarli taʼsir koʻrsatdi, ayniqsa Ummon va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar katta talofatlarga uchradi, bu esa 33 kishining oʻlimiga sababchi boʻldi, shu jumladan, Ummonda 20 kishi va Eronda 8 kishi vafot etdi. Yaman, Bahrayn, Qatar va Saudiya Arabistonining Sharqiy viloyatida ham kuchli yomgʻir va suv toshqinlari kuzatildi. Sabablari Fors koʻrfazi hududi oʻzining issiq va quruq havosi bilan mashhurdir. Soʻnggi yillar davomida suv toshqinlariga sabab boʻlgan kuchli yomgʻirlar ham muntazam ravishda yuz bermoqda. Buyuk Britaniyaning Royal Meteorological Society instituti tomonidan ushbu jarayonning sababi sifatida katta miqyosdagi konvektiv tizim keltirilmoqda. BAA Milliy Meteorologiya markazi (NCM) hodimi Esraa Alnaqbi atmosferaning yuqori qismidagi past bosim uning yuzasidagi past bosim bilan birgalikda oʻzaro taʼsiri oqibatida Fors koʻrfazidagi havo bosimiga qattiq taʼsir koʻrsatganini aytib oʻtdi. Fors koʻrfazidagi issiq harorat va atmosferaning yuqori qismidagi sovuq harorat kontrasti ushbu hodisaning yanada kuchliroq avj olishi va koʻplab momaqaldiroqlarga sababchi boʻlgan. Pensilvaniya universitetida faoliyat olib boruvchi iqlimshunos olim Michael Manning aytishicha, uchta past bosimli tizim kuchli shamollarga sabab boʻlgan va va ular keyinchalik Jet oqimi boʻylab Fors koʻrfaziga qarab harakatlandi. Kuchli past bosimli tizim shamol va tinimsiz yomgʻirlarni keltirib chiqardi. Reading universiteti meteorologlari kuchli yomgʻirlarning kuchli shamollar tufayli yuz berganini tasdiqladilar.
Reading universiteti iqlimshunos professori Richard Allan hamda Londondagi Imperial kolleji iqlimshunoslik fani katta oʻqituvchisi Friederike Otto birgalikda ushbu holatga sabab sifatida iqlim oʻzgarishini keltirishdi va „iqlim issiq boʻlgan sari dunyo boʻylab yomgʻirlar ancha jadallashib borayotganini“ taʼkidlashdi. Hududda soʻnggi yillarda kuzatilayotgan issiq ob-havo va siklonlar, harorat va namlik darajasining oshganligi tufayli tadqiqotchilar Fors koʻrfazini suv bosish xavfi oshganligini taʼkidlamoqdalar.
Taʼsiri
Ummon Ummondagi suv toshqinlari oqibatida kamida 19 kishi halok boʻldi. Ular orasida mashina haydovchisi va oʻsha vaqtda mashinada boʻlgan 10 nafar maktab oʻquvchilari ham bor edi. Ushbu voqealar 14-aprel kuni Samad al-Shan hududida sodir boʻlgan. Saham shaharchasidan bir qizning jasadini topdilar. Eng ogʻir zarar koʻrgan hudud Ash Sharqiyah hududida boʻlib, u yerda keng miqyosda suv toshqinlari qayd etilgan. Muscat xalqaro aeroportidagi baʼzi parvozlar bekor qilingan yoki kechiktirilgan. Birlashgan Arab Amirliklari
BAAda yomgʻirlar 2024-yil 15-aprel kuni kechasi boshlanib, 16-aprel kuni kuchaygan va 17-aprel kuni yakunlangan. BAAda 24 soat ichida rekord darajada yomgʻir yogʻdi va bu 1949-yildan shu davrgacha boʻlgan eng kuchli yomgʻir boʻldi. Milliy meteorologiya markazi xabarlariga koʻra, Al Ain shahridagi Khatm Al Shakla hududida yomgʻir 24 soatdan kam vaqt ichida 254,8 mmgacha yetdi. Suv toshqinlari barcha yetti amirlikda ham qayd etilgan. Toshqinlardan oldin BAAning baʼzi qismlarida 40 mm (1.6 in) dan 100 mm (3.9 in) mm ga qadar yomgʻir yogʻishi taxmin qilingan edi.
Amirlikning 70 yoshli fuqarosi mashinasining Ras Al Khaimah vodiysida suv toshqinida oqib ketishi natijasida vafot etadi . Uch nafar filippinlik ishchi suv bosgan mashina ichida tuzoqqa tushib qolib vafot etgan.
Ras Al Khaimah va Al Ain hududlarida zilzila qayd etildi. Aholi uyda qolishi va zarur boʻlmagan hollarda mashina haydamasligi belgilandi. Butun mamlakatda maktablar va xususiy sektor haftaning qolgan kunlarida masofaviy ishlashga oʻtdi.
AFC Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi Al Ain va Al Hilol oʻrtasidagi yarim final oʻyini shaharda kuzatilgan suv toshqini sababli bir kunga qoldirildi.
Yomgʻir yogʻganidan besh kun oʻtib, Sharja shahri aholisining katta qismi sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq muammolarga duch keldi. Kasallar soni keskin oshib ketdi, bu esa tez tibbiy yordamga boʻlgan talabni oshirib yubordi. Bahrayn
15– va 16-aprel kunlari kuchli yomgʻir va momaqaldiroq yuz berdi. Buning oqibatida kuchli suv toshqinlari kuzatildi va bu koʻchalarda son-sanoqsiz mashinalarning tashlab ketilishiga olib keldi. Bahrayn meteorologiya boshqarmasi bayonotiga koʻra, 48 soat davomida oʻrtacha 67,6 mm (2,66 in) yomgʻir yogʻdi, bu esa Bahrayn tarixida ikkinchi eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. Bahrayn Ichki ishlar vazirligi aholini jamoat xavfsizligini saqlash maqsadida uylarida qolishga chaqirdi. Taʼlim vazirligi suv toshqinlari natijasida maktablar va oliy taʼlim muassasalari yopilishini eʼlon qildi. Shamol tezligi oʻsha kunlari 70 km/soat koʻrsatkichga yetdi. Sitra shahridagi supermarketning tomi kuchli yomgʻirlar sababli qulab tushdi. Qatar Mamlakatning shimoliy qismlarida, Madinat ash Shamal va Ar-Ruʼays shaharlarida kuchli yomgʻir yogʻishi va shamollar kuzatildi. Dohada ham kuchli suv toshqinlari yuz berdi. Oʻquv yurtlari va jamoat binolari ob-havo yomonligi tufayli yopildi va xizmatlar koʻrsatish onlayn tartibga oʻtkazildi. Eron Janubi-Sharqiy Eronda ham kuchli yomgʻir va suv toshqinlari kuzatildi. Siston va Balujiston, Hoʻrmozgan va Kirmon ustonlari eng katta talofatga uchradi, Sistan va Balujistonda sakkiz kishi oʻlgan va Kirmon ustonida uch kishi yoʻqolgan deb xabar qilingan. Quvayt Quvayt meteorologiya agentligi 16-aprel kuni kuchli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan edi. Yaman 17-aprel kuni Yamanning Hadhramaut guberniyasida kuchli suv toshqinlari yuz berdi. Mukalla portiga yaqin joylashgan togʻlarda kuzatilgan kuchli yomgʻirlar yer siljishining ehtimolini oshirgan. Afgʻoniston va Pokiston 2024-yilda Fors koʻrfazida kuzatilgan suv toshqinlari Pokiston va Afgʻonistonga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Ushbu tabiiy ofat tufayli 700 kishi vafot etdi. Koʻrilgan chora-tadbirlar 17-aprel kuni Bahrayn shahzodasi va Bosh vaziri Salman bin Hamad Al Xalifa aholi uchun suv toshqini bilan bogʻliq zararlarni baholash va kompensatsiyalash rejalarini eʼlon qildi. Kuchli yomgʻirlar kuzatilgan davrda mamlakatni suvdan tozalash va uni Al-Luzi koʻliga yoʻnaltirish ishlarni muvofiqlashtirish uchun mamlakat boʻylab favqulodda vaziyatlar boʻyicha qoʻshma guruh tashkil etildi.
Ummon qirollik politsiyasi suv toshqinlari davrida 152 ta operatsiyani amalga oshirdi va mamlakat boʻylab suv bosgan hududlardan 1630 kishini qutqardi. Birlashgan Arab Amirliklari 17-aprel kuni BAA Prezidenti Muhammad ibn Zayd Al Nahayan zararni baholash va zarar koʻrgan oilalarga yordam berish rejalarini eʼlon qildi. Bundan tashqari, u mamlakat infratuzilmasini oʻrganishni buyurdi. 18-aprel kuni Hamdan bin Muhammad Al Maktoum kelajakdagi tabiiy inqirozlarga tayyorgarlik koʻrish uchun uchrashuv oʻtkazdi. 21-aprel kuni u Dubay hukumat xodimlari uchun ish haqining muddatidan oldin toʻlovini berishni buyurdi. Ishlab chiqaruvchilar Nakheel, Emaar, Dubai Holding, Union Properties va Dubai Investments Park tabiiy ofat qurboni boʻlgan aholi uchun alternativ uy-joy kabi bepul xizmatlarni taklif qilishni boshladilar.
17-aprelga kelib Milliy gvardiya qidiruv va qutqaruv markazi 71 ta qidiruv va 65 ta tibbiy evakuatsiya bilan bogʻliq 136 ta operatsiyani amalga oshirgan. Munosabatlar Islom hamkorlik tashkiloti (OIC) Bosh kotibi Hissein Brahim Taha suv toshqini qurbonlariga oʻz hamdardligini bildirdi. Bulutlarni yetishtirish haqidagi ayblovlar Toshqinlardan soʻng OAVda meteorolog Ahmed Habibning kuchli yomgʻirlarning BAA bulutlarni yetishtirish dasturi bilan bogʻliqiligi haqida gapirib oʻtdi. Quruq choʻl iqlimi va yuqori harorat tufayli Birlashgan Arab Amirliklarida suv yetishmovchiligiga qarshi kurashish uchun bulutlarni yetishtirish ilgari ham ishlatilgan.
Reading universiteti olimlari Birlashgan Arab Amirliklarida qoʻllaniladigan Bulutlarni yetishtirish dasturi kuchli toshqinlar keltirib chiqarishini rad etishdi, chunki bu usul oldindan bashorat qilinganligini va bulutlarni yetishtirish taʼsiri odatda qisqa muddatli, bir necha soat davom etishini taʼkidlashdi.
Yana qarang Markaziy Osiyodagi suv toshqinlari (2024) Birlashgan Arab Amirliklaridagi suv toshqinlari (2024) Manbalar
Turkum:Tabiiy ofatlar Turkum:Fors koʻrfazi