Gʻaybulla Rahmonov (1940-yil 11-sentyabr Kasbi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik fermer va oʻz kasbining fidoiy insonlaridan biri boʻlgan. 1999-yili Oʻzbekiston Qahramoni faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Tarjimai holi Gʻaybulla Rahmonov 1940-yil Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida tugʻilgan. Gʻaybulla Rahmonov turmush oʻrtogʻi Pardaxol aya bilan 7 ta farzand va 30 nafarga yaqin nabiralik boʻlishgan. Hayotiy faoliyati 1971-yildan boshlab paxtachilik brigadasi boshligʻi vazifasida faoliyat olib borgan boʻlib, 1980-yillarda jamoaviy tanila boshlashgan.

1994-yilda Gʻaybulla Rahmonov boshchiligidagi brigadadan yuqori hosil ilingach, uning nomi ham tanila boshlagan. 1999-yil yuqori xizmatlari uchun Oʻzbekiston Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan. Mashhur fermer 2004-yilda vafot etganOʻzbekiston qahramonlari. Toshkent „Adabiyot“ nashriyoti, 2022-yil. Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni (1999-yil) Manbalar