Erik Manuel Lamela Kordero (; 1992-yil 4-mart, Karapacay, Buenos-Ayres) – argentinalik sobiq professional futbolchi, hujumkor yarim himoyachi yoki oʻng qanot vingeri pozitsiyasida oʻynagan.

Lamela oʻz faoliyatini „River Pleyt“da boshlagan. 2011-yilda 12 million yevro evaziga „Roma“ klubiga oʻtgan. Serie A turnirida ikki mavsum oʻtkazgach, 25,8 million funt sterling evaziga Angliya Premyer-ligasining „Tottenham“ klubiga oʻtdi. London klubi tarkibida sakkiz mavsum davomida 250 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, 2019-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga erishgani. 2023-yilda „Sevilla“ bilan UEFA Yevropa ligasini qoʻlga kiritgan. 2024/25-yilgi mavsum avvalida „AEK Afina“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Lamela 2025-yilgi mavsum yakunida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

2011-yildan 2018-yilgacha Argentina milliy terma jamoasining toʻlaqonli aʼzosi boʻlgan Lamela 2015 va 2016-yillardagi Amerika kubogi musobaqalarida kumush medal sohibi boʻlgan jamoalar tarkibida oʻynagan.

Biografiya

Bolalik va yoshlik 1992-yil 4-martda Buenos Ayres chekkasidagi Karapachayda sobiq futbolchi Xose Lamela oilasida tugʻilgan. Ikki akasi bor – Aksel va Brayan.

8 yoshidan boshlab River Pleyt bolalar futbol maktabida tahsil olgan. 2004-yilda „Barcelona“ skautlari 12 yoshli Lamela bilan qiziqib qolishgan. Kataloniya klubi rahbariyati futbolchining ota-onasi bilan koʻchib oʻtish shartlarini kelishib, ularga uy va Barselonada ishlashni taklif qilishgan, ammo istiqbolli futbolchini qoʻyib yuborishni istamagan „River Pleyt“ prezidenti Xose Mariya Agilar, yanada foydali taklif bergan va oilani Ispaniyaga koʻchib oʻtishdan qaytargan.

16 yoshida Lamela „River Pleyt“ yoshlar jamoasi tarkibida Kobxem kubogi turnirida ishtirok etgan, finalda „River Pleyt“ musobaqa mezbonlari va tashkilotchilari Londonning „Chelsea“ jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etgan.

Karyera

River Plate Lamela 17 yoshida „River Pleyt“ning asosiy jamoasida debyut qilgan – 2009-yil 13-iyunda „Tigre“ ga qarshi oʻyinning 80-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan va 3:1 hisobida gʻalaba qozongan. U ilk bor 2010-yilning 12-sentyabrida „Nyuells Old Boyz“ ga qarshi safar oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushgan va 56-daqiqada almashtirilgan. Oʻsha uchrashuvda „River Pleyt“ 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan.

Lamela professional faoliyatidagi ilk golini 2010-yilning 16-noyabrida „Kolon“ ga qarshi safarda „River Pleyt“ foydasiga kiritgan. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlagan va Lamela oʻyinda hisobni tenglashtirgan edi.

Yaxshi texnika, toʻp uzatish va maydonni koʻrish Lamelaga tezda boshlangʻichga aylanishiga imkon bergan. U shuningdek, avvalroq Argentina futbol faxriysi Ariel Ortega ishonib topshirilgan jarima zarbalari va burchak toʻplarini bajarish huquqini ham qoʻlga kiritgan. Dastlab chap qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan yosh futbolchi, Ortega „All Boys“ ga ijaraga berib, tez-tez markazga oʻtib, pleymeyker boʻlib xizmat qila boshlagan, shuningdek, Ortega ilgari oʻynagan 10-raqamni olgan.

U 2011-yilning 25-mayida Paragvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 58 daqiqa oʻynab, Argentina milliy futbol terma jamoasidagi debyutini oʻtkazgan.

Roma 2011-yil 6-avgustda u Italiyaning „Roma“ klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Lamelaning transferi uchun Rim klubi „River Pleyt“ga bonuslarni hisobga olmaganda 12 million evro toʻlagan. Oʻsha mavsum oraligʻida „Roma“ni yangi murabbiy Luis Enrike boshqargan va darvozabon Stekelenburg, himoyachilar Gabriel Heinze va Xose Anxel, yarim himoyachi Pyanich va hujumchilar Fabio Borini, Boyan va Osvaldo bilan toʻldirilgan. Lamela yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida olgan jarohati tufayli mavsum boshini oʻtkazib yuborgan. U 23-oktyabr kuni „Palermo“ ga qarshi uy oʻyinida debyut qilgan va oʻyindagi yagona golni 8-daqiqada kiritgan. 2012-yil 11-yanvarda u Italiya kubogi 1/8 finalida „Fiorentina“ ga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida yakunlangan oʻyinda ikkita gol urgan. Italiya A seriyasi 2011/2012da u „Roma“ safida A Seriyada 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

2012-yil 28-oktabrda u A Seriyadagi ilk dublini amalga oshirgan va „Udinese“ ga qarshi uy uchrashuvida ikki daqiqa ichida hisobni ochgan va dubl qilgan. „Roma“ bu bahsda gʻalabani ushlab tura olmagan va 2:3 hisobida magʻlub boʻlgan.

Tottenxem Hotspur 2013-yil 30-avgustda Lamela Angliyaning „Tottenham Hotspur“ klubi futbolchisiga aylangan. Bitim summasi 28 million yevroga baholanmgan. Debyut mavsumida turli jarohatlar tufayli Premyer-ligada bor yoʻgʻi 9 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2014/15-yilgi mavsumni asosiy jamoa tarkibida boshlagan. U „Tottenxem“ uchun birinchi golini 2014-yilning 20-dekabrida „Byornli“ ga qarshi oʻyinda kiritgan, oʻyin 2:1 hisobida tugagan.

U UEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi 8000-gol muallifi boʻlib, uni 2018-yilning 3-sentyabr kuni „Barselona“ga qarshi oʻyinda kiritgan.

U „Tottenxem“ safida 257 ta oʻyin oʻtkazgan.

Sevilya 2021-yilning iyul oyida u Ispaniyaning „Sevilya“ klubi futbolchisiga aylangan .

Yutuqlar

Jamoa Roma

Italiya kubogi finalchisi: 2012/13

Tottenxem Hotspur

Futbol Ligasi kubogi finalchisi: 2014/15 UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi: 2018/19

Sevilya

UEFA Yevropa Ligasi gʻolibi: 2022/23

Argentina terma jamoasi

Amerika kubogi finalchisi (2): 2015, 2016

Shaxsiy

Angliya Premyer-ligasi oyining eng yaxshi goli muallifi: 2021-yil mart FIFA Ferents Pushkas mukofoti: 2021

Manbalar

Havolalar

Erik Lamela Sevilla FC saytida

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:4-martda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:CA River Plate futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Sevilla FC futbolchilari Turkum:AEK Athens F.C. futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentina U20 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentina yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:VAlifbo boʻyicha sportchilar